Erik Garsiya uchun navbatdagi davogar klub nomi malum
28 jan 2021 16:30
Yangiliklar


Erik Garsiya uchun navbatdagi davogar klub nomi malum
"Manchester Siti" himoyachisi Erik Garsiya faoliyatini boshqa bir ingliz klubida davom ettirishi mumkin.
20 yoshli ispaniyalik futbolchiga Londonning "Arsenal" klubi qiziqish bildirmoqda.
Oldinroq xabar berilganidek, Garsiyani "Barselona" va PSJ klublari transfer qilmoqchi. O'yinchining o'zi Kataloniya klubiga o'tishni qattiq xohlamoqda.
Erik "Manchester Siti"ga 2017 yilda kelgan edi. Himoyachi joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar