Erik Garsiya: "Bernardu Silva – "Siti"dagi eng yaxshi o'yinchi. "Barsa"da esa u asosiy tarkib uchun kurashashi kerak"
27 dek 2022 23:28
Yangiliklar


Erik Garsiya: "Bernardu Silva – "Siti"dagi eng yaxshi o'yinchi. "Barsa"da esa u asosiy tarkib uchun kurashashi kerak"
Himoyachi "Man Siti"dan ketishi haqida gapirdi.
"Barselona" klubi himoyachisi Erik Garsiya Angliya grandidan ketishi haqida gapirdi.
"Men o'z qobiliyatimni to'g'ri baholayman. "Man Siti"da raqobat o'ta kuchli edi va sen o'z ustingda tinimsiz ishlashing kerak. "Barselona"da ham tarkib uchun ayovsiz jang ketadi va bu juda foydali. "Barsa"ga o'tishni juda istagandim, Gvardiola esa buni tushundi.
Har doim Bernardu Silva "Siti"dagi asosiy o'yinchi ekanini aytardir. Agarda u "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, Silva asosiy tarkib uchun kurashashi kerak bo'ladi. Sababi, raqobat juda yuqori", -deydi Erik Garsiya.
O’xshash yangiliklar
04:01
Pep Gvardiola "Tottenxem"ga qarshi o'yindan keyin Husanov haqida juda iliq fikrlar bildirdi 21

Fikrlar