Erik Dayer: "Barchasini yuqoridagilar hal qiladi, biz esa javob beramiz"
20 noy 2022 12:52
Yangiliklar
Erik Dayer: "Barchasini yuqoridagilar hal qiladi, biz esa javob beramiz"
Angliya termasi himoyachisi Erik Dayer JCH-2022 mezboni Qatar bo'layotganidan mamnun emas.
"Futbolchilarga bunday paytda juda qiyin. Bilamiz, hozir bu borada juda ko'plab savollar bo'ladi. Men esa boshqacharog'ini kutgandim.
Qatar JCH mezbonligini 2010 yil qo'lga kiritgan. O'shanda 16 yosh edim. JCH mezbonligi va qaerda o'tishi borasidagi qarorni biz chiqarmaymiz va ovoz ham bera olmaymiz. Buni yuqoridagilar hal qiladi. Bunga javob berish esa bizning zimmamizda. Bu odamning ko'nglini xira qiladi.
O'zim va oilamning qandaydir darajada qadriyati bor. Ammo biz doimo o'zimiz boradigan joylarni ko'proq qadrlashimiz kerak bo'lmoqda", - dedi Dayer.
Fikrlar