Erik Bayi yo'l transport hodisasiga uchragani sababli "SHeffild"ga qarshi o'yinda qatnashmagan
29 jan 2021 22:16
Yangiliklar


Erik Bayi yo'l transport hodisasiga uchragani sababli "SHeffild"ga qarshi o'yinda qatnashmagan
APLning 20-turi doirasida "SHeffild"ga qarshi o'yinni "Manchester Yunayted" fullbeki Erik Bayi o'tkazib yubordi.
Mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher uchrashuvdan oldin klub matbuot xizmatiga Bayining o'yinda qatnashmasligini, yaqin vaqtlar ichida u safga qaytishini malum qilgan. Biroq sababini ochiqlamagandi.
Bugun jurnalist Dankan Kaslzning tvitterida bergan malumotiga ko'ra, Bayi kichik mashina avariyasiga yo'liqqan. Uning takidlashicha, Erik avtomobil boshqaruvida bo'lmagan va tan jarohati olmagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar