So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi? Yangiliklar

Eren Derdiyokning bitta goli necha pul turadi? Uning "Paxtakor"dagi bir kunichi?

"Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev bundan buyon klubdagi maoshlar va boshqa hisobotlar shaffof tarzda berib borilishi haqida takidlagandi.

SHundan keyin klub matbuot xizmati asosiy tarkibidagi futbolchilar, asosiy jamoa murabbiylar shtabi va klub rahbariyatining yillik maosh va daromadlari aks ettirilgan malumotni taqdim qildi.

Unda eng ko'p maosh jamoaning shveycariyalik legioneri Eren Derdiyokka to'lanishi aks etgan (yiliga 1,3 mln evro). SHundan kelib chiqib, biroz matematik bilimlarimizni ishga solishga va siz uchun bir qator qiziqarli faktlarni keltirishga qaror qildik. 

1 evro 12 ming 694.6 so'mga teng. 1,3 mln evro esa 16 503 028 661 (16 mlrd) so'mga barobar. 

1. Eren bir oyda 108 ming 333 evro (1 milliard 375 million so'm) ishlab topadi. 

2. Bu haftasiga 25 ming 277 evro (320 million 882 ming so'm) degani.

3. Derdiyok bir kunda 3 611 evroga (45 million 840 ming so'm) ega bo'ladi.

4. "Paxtakor" ushbu futbolchining klubda o'tkazgan har soati uchun 150 evro to'laydi. Bu o'zbek so'mida 1 million 904 ming so'mga teng.

Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning 31 dekabriga qadar mo'ljallangan. Eren allaqachon klub libosida 5 oy 18 kunni o'tkazib bo'ldi. U joriy yilning ortda qolgan qismida 596 ming evroni o'ziniki qilishga ulgurdi (7 milliard 566 million so'm).

Futbolchining maydondagi statistikasiga etibor qaratamiz. 

1. U joriy mavsumda 13 ta o'yin o'tkazishga ulgurdi. Demak, "Paxtakor" Derdiyokning har bir o'yini uchun 45 ming 846 evro to'layapti. Bu o'zbek so'mida 582 million so'mga barobar.

2. U joriy mavsum "sherlar" libosida jami 1016 daqiqa harakatlangan. Demak, Toshkent klubi futbolchining maydonda o'tkazgan har daqiqasi uchun 587 evro to'layapti. Bu o'zbek so'mida 7 million 452 ming so'mga teng. Bir daqiqa uchun yomon emas, to'g'rimi?

3. U joriy mavsum "sherlar" libosida faqat 4 ta gol urdi. Demak, "Paxtakor" markaziy hujumchining har goli uchun 149 ming evro to'layapti. Bu o'zbek so'mida 1 milliard 891 million 500 ming so'mga teng!

Xullas, 33 yoshli shveycariyalik forvard urayotgan bir golning bahosi deyarli 2 milliard so'mga teng. 

Qadrli muxlis, yuqorida barcha malumotlar bilan tanishdingiz. Nima deb o'ylaysiz, Eren Derdiyok o'ziga to'lanayotgan pullarni oqlayaptimi?

Muallif :
Reyting: -121   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика