So’nggi yangiliklar

00:21Райан Гравенберх АПЛнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  1 23:50Элдор Мойлиев: "Иккинчи дақиқадаёқ қизил карточка билан жазоландик ва режамиз ўзгариб кетди"  0 23:31Германия кубоги финали. "Арминия" ва "Штутгарт" ўзаро баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  2 23:17Эрон кубоги. "Истиқлол" "Санат Нафт"ни мағлуб этиб, финалга чиқди, Машарипов захирада қолдирилди  4 23:11ПСЖ — "Реймс". Франция кубоги финали учун таркиблар маълум  3 23:09Виталий Левченко: "Жокич ва Йовович касал. Кўплаб позицион ҳужумлар уюштирдик"  6 23:05"Милан" — "Монца". Таркиблар маълум  0 23:02Суперлига. "Сўғдиёна" ва "Бухоро" муроса кўчасини танлади  29 22:45Та "Бавария" билан шартнома имзолайди. "Байер" ҳимоячини компенсация эвазига КЖЧга қўйиб юбориш таклифини кутмоқда  0 22:30ОПЛ. "Сабаҳ" ўз уйида ғалабага эришди, Раҳмоналиев захирадан ўйинга қўшилди  0 22:25CAFA U-17 Championship 2025. Ўзбекистон бир киши кам бўлиб Қирғиз Республикасини йирик ҳисобда мағлуб этди  4 22:00"Краснодар" ўз тарихида илк бор Россия чемпиони бўлди  4 21:21Аморим Гарначога янги жамоа қидиришни айтди. Футболчи Европа лигаси финалидан кейин МЮ устозидан норози бўлганди  11 21:10Ла Лига. "Реал" сўнгги ўйинда Мбаппенинг дубли эвазига "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, "қироллик клуби" мавсумни иккинчи ўрин билан якунлади  31 20:59Суперлига. "Нефтчи" ўз майдонида бир киши кам "Шўртан"ни йирик ҳисобда енгди  29

EPLMANAGER: Siz sotib yuborishingiz va xarid qilishingiz kerak bo'lgan 4 futbolchi Yangiliklar

EPLMANAGER: Siz sotib yuborishingiz va xarid qilishingiz kerak bo'lgan 4 futbolchi

Teglar :  Eplmanager
Eplmanager fentezi-futbol saytida sovg'alar uchun kurash avjiga chiqqan.

Ertaga APLning 6-tur uchrashuvlari boshlanadi. Biz EPLMANAGERda sizga foyda keltiradigan maslahatlar berishni boshlaymiz:

SOTISH KERAK


Garri Keyn - "Tottenxem" to'purari ko'pchilikning tarkibida bo'lishi aniq. Keyn 5-tur bahsida jiddiy jarohat oldi va endi uzoq muddat maydonga tusha olmaydi. Tarkibida ushbu ingliz borlar tezroq undan qutilishini maslahat beramiz.


Jeymi Vardi - Klaudio Raneri Vardini CHempionlar ligasi uchun asrashi mumkin. Ayni damda jamoada hujumchilar ko'payib ketdi. Buning ustiga 30 mln. evroga xarid qilingan Slimani o'tgan turda dubl qayd etdi. Ushbu forvard 6-turda asosiy tarkibda bo'lishi mumkin.


David Silva - Ushbu o'yinchining mahoratiga shubha yo'q, ammo u 18 oydan beri mayda jarohatlar bilan kurashib, ko'plab o'yinlarni o'tkazib yubordi. U "Bornmut"ga qarshi bahsni (4:0) o'tkazib yubordi va Gvardiola tavakkal qilmasa kerak.


Skot Dann - "Kristal Pelas" futbolchisi "Sautgempton"ga qarshi Angliya liga Kubogi bahsida jarohat oldi. U "Sanderlend"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborishi aniq.


XARID QILING


SHeymus Koulman - Bu futbolchi fentezi foydalanuvchilarining sevimli o'yinchilaridan biri hisoblanadi. U doimo o'ng qanotdan hujumga qo'shilib, goh gol uradi, gohida esa golga assistentlik qiladi. Koulman yaqinda jarohatidan qutildi va asosiy tarkibda maydonga tushishi ehtimoli katta.


Son Xyon Min - Mavsum boshida janubiy koreyalik Kristian Eriksen, Dele Alli va Erik Lamelada qimmatlashib ketishini kutmagandingiz. Son Xyon Min gol urganidan so'ng Pochettino uni faqat asosiy tarkibda tushirmoqda. Futbolchining iqtidoriga ishonadigan bo'lsak, u Keyn yo'qligidan unumli foydalanib qolishi mumkin.


Raxim Sterling - Gvardiola ushbu futbolchini qaytadan kashf qila oldi. Fentezi ishtirokchilari bu futbolchini asosiy tarkibning doimiy o'yinchisiga aylantirishmoqda. "Suonsi"ga qarshi bahsda Sterling uni tanlaganlarga yaxshigina ochko ishlab berishi mumkin.


CHarli Ostin - Bu futbolchi Xitoyga yo'l olgan Graciano Pelle o'rniga xarid qilingan. Endi u o'zini ko'rsatishi kerak. Ostin juda yaxshi formada va u asosiy tarkib futbolchisi bo'lishi aniq.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика