So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

EPLMANAGER g'olibi: "Samsung Galaxy S7 EDGEni qo'lga kiritishda bir so'm ham ishlatganim yo'q Yangiliklar

EPLMANAGER g'olibi: "Samsung Galaxy S7 EDGEni qo'lga kiritishda bir so'm ham ishlatganim yo'q

Teglar :  Eplmanager
APLda 4-tur uchrashuvlari yakunlangandan so'ng, EPLMANAGER fentezi-ligasining ilk sovrinli turniri g'olib aniqlandi.

"FC ABS" jamoasi bilan Osiyo Ochiq CHempionatida g'alabaga erishgan Abdulbois Tursunovga o'z sovrini (Samsung Galaxy S7 EDGE) topshirildi va u bilan kichik suhbat uyushtirdik.


- Avvalambor sizni tabriklaymiz va birinchi navbatda barchani qiziqtirayotgan savolga javob bersangiz. Buncha ochko yig'ish uchun qancha pul sarfaladingiz?

- Men bu sovrinni qo'lga kiritishda bir so'm ham ishlatganim yo'q. Ro'yxatdan o'tganingizda sizga 200 tanga berilar ekan. O'sha mablag'ning yarmini yani 100 tangani birinchi turda Zlatan Ibragimovichni super-kapitan qilish uchun ishlatdim (o'sha turda Ibragimovich gol+pas muallifiga aylandi). Sovrinli liganing so'nggi turida (4-tur) Romelu Lukaku uchun yana 100 tanga ishlatdim (superkapitan). Belgiya terma jamoasining o'yinini ko'rgan edim. Lukaku o'sha bahsda o'zini yaxshi ko'rsatdi va tavakkal qilib uni superkapitan qildim.


- Qaysi jamoa muxlisisiz?

- Hech qaysi jamoaning ishqibozi emasman, men chiroyli futbol tarafdoriman.

- EPLMANAGER haqida qaerdan bildingiz?

- 2016 yilning avgustida Mytube.uz saytidagi reklamani ko'rib qoldim.

- Siz Osiyo Ochiyo CHempionati g'olibiga aylandingiz. Nimalarni his qilyapsiz?

- Buni so'z bilan tushuntirib bera olmayman.

- Ushbu sovrinli ligada eng past ko'rsatkichingiz qanday bo'ldi?

- To'g'risi esimda yo'q. 1000-o'rindan ham pastga tushdim. "Sanderlend" - "Everton" o'yinidan oldin 233-o'rinda edim.

- Keyingi sovrinli ligalarda ham ishtirok etasizmi yoki boshqalarga imkon berasizmi?

- Keyingi ligalarda ham albatta ishtirok etaman.

- So'nggi turda qaysi futbolchini almashtirdingiz?

- "CHelsi" forvardi Diego Kosta o'rniga "Everton"dan Romelu Lukakuni xarid qildim.


- G'olib bo'lganingizni qachon bildingiz?

- "Sanderlend" - "Everton" o'yini kuni Bobomnikida edim. Ushbu o'yin kech boshlanishi tufayli uxlashga qaror qildim. Ertalab uyg'ondim va tezda EPLMANAGERga kirdim. Qarasam men birinchi o'rinda... Keyin "YUTDIM, YUTDIM" deb baqira boshladim. Uydagilar esa hech narsani tushunmay "Nimani yutding" deyishdi. Telefonning modelini va uning narxini ham aytdim. Bobom onamni chaqirib, men bilan siz aytgan manzilga borib kelishni so'radilar. Mana qarshingizdamiz.


Abdulbois Tursunovning eski va yangi telefoni (chapda Samsung Galaxy S2, o'ngda Samsung Galaxy S7 EDGE)


Siz hali ham bu o'yindan ro'yxatdan o'tmadingizmi? SHoshiling, EPLMANAGERdagi yangi sovrinli ligada SAMSUNG smartfonlarining eng qimmat modellari o'z egalarini kutib turibdi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика