So’nggi yangiliklar

17:15Тер Штеген – "Барса"да сардорлик учун асосий номзод  0 16:48"Хоразм" бир қатор футболчиларни сафига қўшиб олди  1 16:28"Манчестер Сити" янги мавсум учун захира либосини тақдим этди  0 15:59ФИФА Олимпиада ўйинларидаги воқеаларни текшириш учун эксперт тайинлади  0 15:34Тимур Кападзе: "Мисрнинг кучли томонлари ва имкониятларини яхши биламиз"  8 15:12Иброҳимҳалил ОТЖ лагерини тарк этди, унинг ўрнига бошқа ўйинчини қўшиш мумкинми? Кападзе жавоб берди  23 14:59"Манчестер Юнайтед" Уан-Биссакани Дюмфрисга алмаштирмоқчи  4 14:37Париж-2024. Ўзбекистон Мисрга қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум  9 14:15АПЛ клублари "Лион" ҳимоячисига даъвогар  1 13:50Симонс "Лейпциг" ва "Бавария"дан бирини танлади  1 13:23"Арсенал" Евро-2024'да ёрқин ўйин кўрсатган ярим ҳимоячининг трансфери борасида музокаралар ўтказмоқда  1 12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  1 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  1 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  3 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2

EPLMANAGER: 6-turda maydonga tushmaydigan va safga qaytadigan futbolchilar Yangiliklar

EPLMANAGER: 6-turda maydonga tushmaydigan va safga qaytadigan futbolchilar

Teglar :  Eplmanager
Bugun Angliya Premer-ligasining 6-tur uchrashuvlariga start beriladi.

EPLMANAGERda sovg'alar uchun kurash avjiga chiqqan. Ushbu turda maydonga tusha olmaydigan futbolchilar ro'yxatini sizga taqdim etamiz:


"Manchester Yunayted" - "Lester Siti"

"Lester" posboni Kasper SHmeyxelning holati haqida "Old Trafford"da bo'ladigan bahsdan oldin tekshirilib ko'riladi. Unda mushak jarohati bor edi. Mendi safga qaytadi, ammo Marcin Vasilevskiy esa maydonga tusha olmaydi.

Antoni Marsyal "tulkilar"ga qarshi o'ynamaydi. Bu malumotni Joze Mourino tasdiqladi.



"Bornmut" - "Everton"

Angliya liga Kubogini o'tkazib yuborgan Romelu Lukaku bugun safga qaytishi kerak. Jagielka ham hafta o'rtasida dam oldi va 6-turda maydonga tushishi mumkin, ammo Beshich, Jeyms MakKarti va Gibson maydonga tusha olmaydi.



"Liverpul" - "Xall Siti"

Adam Lallana va Jorjino Viynaldum hafta o'rtasidagi Kubok uchrashuvini o'tkazib yuborishdi, ammo bugun ular safga qaytishi kerak.

Yurgen Klopp Deniel Starrij 6-tur uchrashuviga tayyor bo'lishiga umid bildirmoqda.

"Xall Siti" tarkibida bir o'yinga chetlashtirilgan Livermor "Liverpul"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin, ammo Maykl Douson, Alan MakGregor va Mozez Odubajo ushbu bahsni o'tkazib yuborishadi.


"Midlsbro" - "Tottenxem"

Kristian Stuani va Jordan Rodes 6-tur o'yinida maydonga tushishi mumkin, Grant Lidbitter va Fabio da Silva ham bu bahsda tarkibga kiritilishi mumkin.


"Tottenxem" safida Garri Keyn jarohat tufayli bir necha hafta maydonga tusha olmaydi.


"Stok Siti" - "Vest Bromvich"

SHerdan SHakiri jarohatidan qutildi va mashg'ulotlarda to'liq ishtirok etmoqda. Yakuniy qarorni bosh murabbiy qabul qiladi.

Jonatan Uoltersning to'pig'ida muammo bor.


"Vest Bromvich" futbolchisi Kris Brant jarohatidan qutilgan bo'lsada, 6-turda maydonga tushmaydi, chunki Nasir SHadli yaxshi formada.


"Sanderlend" - "Kristal Pelas"

Kubok o'yinida maydonga tushmagan Xazri, Jek Rodvell va Jermeyn Defo joriy turda safga qaytishi kerak.

Borini "Kristal Pelas"ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi, Viktor Anichebe esa jismoniy holatini tiklamoqda.

"Burgutlar" safida Skott Dann 6-tur bahsini o'tkazib yuboradi.


"Suonsi" - "Manchester Siti"

Borxa Baston 6-tur o'yinida "Suonsi" safida maydonga tushishi mumkin, chunki Natan Dayer yaqinda operaciya qilindi.

"Manchester Siti" safida Nolito bu bahsni o'tkazib yuboradi, Vensan Kompanida esa yana jarohat paydo bo'ldi.


Serxio Agueroning diskvalifikaciyasi yakuniga etdi.


"Arsenal" - "CHelsi"

"Arsenal" hujumchisi Olive Jiru "CHelsi"ga qarshi bahsda maydonga tushishi mumkin, ammo Aron Remsi jarohati bilan kurashishda davom etmoqda.

Jon Terri jarohatidan to'liq qutilmagan, shu sababli uni "Arsenal"ga qarshi bahsda maydonda ko'rmaymiz.

Antonio Kontening so'zlariga ko'ra, Sesk Fabregas asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin.


"Vest Xem" - "Sautgempton"

Uinston Rid mashg'ulotlarga qaytdi va "Vest Xem"ga yordam berishi mumkin, ammo Artur Masuaku 6 haftaga safdan chiqdi.

Aaron Kressvell, Endi Keroll, Andre Ayu, Diafra Saxo maydonga tushmaydi. Alvaro Arbeloa 6-turda Premer-ligada debyut qilishi kerak.


"Sautgempton" futbolchisi Jey Rodrigesda jarohat bor.


"Byornli" - "Uotford"

"Uotford" safida yo'qotishlar ko'p, Xose Xolebas, Daril Yanmaat, Yunus Kabul, Jerom Sinkleyr, Stefano Okaka bu bahsda ishtirok eta olmaydi.


Barcha malumotlar Angliya Premer-ligasining rasmiy saytidan olindi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика