So’nggi yangiliklar

13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  2 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  5 12:23U-23 Осиё Кубоги: юришимиз Ливандан бошланади. Рақиб ҳақида нималарни биламиз?   0 12:22"Ювентус"нинг мағлубиятсиз серияси 6 та ўйинга етди – 5 та ғалаба ва бир дуранг  1 11:54Месси Майамидаги ҳаёти ҳақида: "Бу ерда анча хотиржам яшаяпман. Одамлар футболга катта аҳамият беришмайди"  2 11:31"Ман Сити" 20 ёшли марказий ҳимоячисини Бундеслига жамоасига ижарага берди  0 10:48Лионель Месси келажакда ўзини мураббий сифатида кўриш-кўрмаслиги ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  11 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  11 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  2 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  2 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  6

"EPL Manager": Birinchi tur yakunlari Yangiliklar

"EPL Manager": Birinchi tur yakunlari

Dushanba kuni Angliya premer-ligasining dastlabki turi va fentezi-futbol bo'yicha Osiyo ochiq chempionatining birinchi turi yakunlandi. Championat.asia saytida o'tgan hafta yakunlarini elon qilamiz.

Dushanba kuni Angliya premer-ligasining dastlabki turi va fentezi-futbol bo'yicha Osiyo ochiq chempionatining birinchi turi yakunlandi. Amaldagi Angliya chempioni "Lester" kutilmaganda debyutant "Xall Siti"ga (1:2) yutqazib qo'ydi, turda boshqa sensaciya kuzatilmadi. Dastlabki turda "Liverpul" va "Arsenal" o'rtasidagi tomoshabop (4:3) o'yin guvohiga aylandik. 

Filippe Koutinyu turning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, uni saytning 22 foiz ishtirokchilari o'z jamoalariga olishgan. "Liverpul" klubi azosi ikkita gol urgani uchun 12 ochko to'pladi.

Futbolchilar orasida eng ko'p olingan David de Xea "Bornmut"dan gol o'tkazib yubordi va quruq o'yin uchun ochko olomadi. "Manchester Yunayted" posbonida 3 ochko bor. Eng ko'p tanlanganlar orasida ikkinchi o'rindagi Zlatan Ibragimovich "mankunianliklar" safida premer-ligadagi ilk o'yinda to'p kiritib 6 ochkoni o'z hisobiga qo'shib qo'ydi.

Saytning 32 foiz foydalanuvchisi tomonidan tanlangan Pol Pogba premer-liganing birinchi turida ko'rinish bermadi. Bundan tashqari quyidagi futbolchilar minglar foydalanuvchilarga pand berib qo'yishdi: Vardi (2 ochko), Stounz (2 ochko) va Dimitri Paye (1 ochko). 

Dastlabki turda faqat ikki klub o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi - "Suonsi" va "Vest Bromvich". Qolgan barcha klublar o'z darvozalaridan kamida 1tadan gol o'tkazib yuborishdi.


Fentezi-futbol bo'yicha Osiyo ochiq chempionatining 1-turidan so'ng Indoneziyada ro'yxatdan o'tgan "Tekyan FC" jamoasi (ushbu jamoa tarkibi quyida rasmda taqdim etilgan) 73 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi. Undan keyin 72 ochko to'plagan bir yo'la 4 jamoa bor. Ular orasida O'zbekistonda tuzilgan jamoa ham bor. Ilk turda O'zbekistondan ochko to'plash bo'yicha kuchli o'nlikka uch jamoa kirdi: "Uz Liverpool" (2-o'rin), "TIM" (5-o'rin) va "ABDULLOH 184" (9-o'rin). 


Haftaning eng ko'p ochko olgan futbolchilari:

Philippe Coutinho (Liverpool) -  12 ochko

Adam Lallana (Liverpool) - 9 ochko

Leroy Fer (Swansea City) -  9 ochko

Anthony Martial (Manchester United) -  8 ochko

Ben Foster (West Bromwich Albion) -  8 ochko


Eng ko'p super-kapitan sifatida tanlanganlar:

1. Zlatan Ibrahimovic

2. Sergio Agüero

3. David de Gea

4. Eden Hazard

5. Philippe Coutinho

Bu faqatgina birinchi tur, keyingi haftada barchasi o'zgarib ketishi mumkin. Osiyo ochiq chempionatining sovrinlari uchun kurash endigina boshlanmoqda.

Ro'yxatdan o'ting, jamoa tuzing, eplmanager.com saytida sovrinli ligalarda ishtirok eting va O'zbekistonni fentezi-futbolda yanada yuqoriga ko'taring!


Agar ushbu sovrinli ligaga qo'shilishga ulgurmagan bo'lsangiz, afsuslanishga hojat yo'q - biz yangi sovrinli ligani ham ishga tushirib bo'ldik! Hoziroq yangi ligaga qo'shiling va qimmatbaho sovg'alar uchun kurashing - LIGAGA KIRISH

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика