Enner Valensiya Senegalga qarshi o'ynashni xohlaydi
28 noy 2022 18:20
Yangiliklar
Enner Valensiya Senegalga qarshi o'ynashni xohlaydi
Ekvador terma jamoasi yulduzi Enner Valensiya JCH 3-turidan o'rin olgan Ekvador – Senegal o'yinida ishtirok etmoqchi.
"Fenerbaxche" hujumchisi Qatardagi mundialning eng muvaffaqiyatli o'yinchilaridan biri bo'lib, 2 ta o'yinda 3 ta gol urgan holda Killian Mbappe bilan to'purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda.
Biroq Enner ikkala o'yinni ham tizzasidagi muammo tufayli oxirigacha etkaza olmadi. Uning holati jiddiy o'rganilmoqda va hanuz Senegalga qarshi o'yinda ishtirok etishi so'roq ostida qolmoqda.
Ushbu o'yin Janubiy Amerika vakilining taqdirini hal qiladi. Jamoa shifokori Qatarga qarshi o'yindan so'ng futbolchida pay shikastlanishi borligini oshkor qilgandi. Futbolchining o'zi Niderlandiya bilan bahsdan keyin kelasi o'yinda ham ishtrok etishiga optimistik munosabat bildirdi.
Fikrlar