"Eng zo'r". Yil murabbiyi va futbolchisi bo'lishga nomzodlar malum
22 noy 2022 17:37
Yangiliklar


"Eng zo'r". Yil murabbiyi va futbolchisi bo'lishga nomzodlar malum
Coca Cola Superligasi. Yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar
Temurxo'ja Abduxoliqov — 23 o'yin, 13 gol, 3 assist
Dragan CHeran — chempion, 23 o'yin, 20 gol, 3 assist
Jamshid Iskanderov — kumush medali sohibi, 26 o'yin, 7 gol, 6 assist
Husniddin Aliqulov — bronza medali sohibi, 24 o'yin, 2 gol, 3 assist, Superligada yakkakurashlarda eng ko'p g'olib chiqqan futbolchi (233)
Coca Cola Superligasida yil murabbiyi bo'lishga nomzodlar
Samvel Babayan – "Navbahor" bilan jamoa tarixidagi dastlabki kumush medalni qo'lga kiritdi, OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi
Mirjalol Qosimov – AGMK mavsumni 4-pog'onada yakunladi va OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi
Ro'ziqul Berdiev – Superliga bronza medali sohibi, jamoa bilan OCHL yo'llanmasiga ega chiqdi
Timur Kapadze – Dastlabki mavsumdayoq jamoa kuchli oltilikdan o'rin egalladi
Pro liga. Yil futbolchisi bo'lishga nomzodlar
Ro'zimboy Ahmedov — 25 o'yin, 23 gol, Buxoro safida Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Roki Marchiano — 21 o'yin, 15 gol, 4-o'rin
Ildar Mamatkazin — 21 o'yin, 7 gol, Pro liga g'olibi
Humoyun Murtozaev — 25 o'yin, 15 gol, 3-o'rin
Eslatib o'tamiz, O'FA hamda O'zPFL mavsum yakunlariga bag'ishlab Yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi – "Eng Zo‘r UZ Football Awards-2022" tadbirini 26 noyabr kuni o'tkazadi. Marosim ZO'R TV telekanalining Renaissance Hall tantanalar zalida bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar