So’nggi yangiliklar

20:00Ўзбекистон кубоги финаллари тарихи. Қайси ўйинларда кимлар майдонга тушган?  0 19:48Шенсни яна 1 йил "Барселона"да қоладими?  1 19:24Ҳоланддан ноёб рекорд. Ундан олдин фақат Кейн бу ишни қила олган  0 18:58"Реал" ва "Интер" Ҳусановни сафига қўшиб олишни истаган. Фабрицио Романо тафсилотлар билан бўлишди  6 18:36Эрон чемпионати. "Фулад" йирик ҳисобда имкониятни бой берди, Ўткир Юсупов 90 дақиқа ўйнади  9 18:18Хави – МЮ бош мураббийи?!  16 17:57Суперлига. 2-тур учрашувларининг бошланиш вақти эълон қилинди  3 17:34Расман: Ўзбекистон МТЖ футболчиси Қозоғистонда ўйнайди  4 17:07"Валенсия" 400 млн еврога сотилиши мумкин  10 16:39АПЛ клублар ўртасидаги ЖЧ сабабли ёзги трансфер ойнасини иккига ажратмоқчи  0 16:16"Манчестер Сити" февраль ойининг энг яхши футболчисини аниқламоқда. Номзодлар ичида Абдуқодир Ҳусанов ҳам бор  20 15:42"Барселона" Озарбайжонда академия ташкил қилади  0 15:17Футзал бўйича Ўзбекистон Кубогига қуръа ташланди: БМБ, "Оил Стар" ва СҚБ рақибларини билиб олди  0 15:08Пике 0:0 ҳисобидаги дуранг учун жамоаларга очко бермасликни таклиф қилди  18 14:40Футзал бўйича Ўзбекистон Кубоги ғолиб ва совриндорлари мукофот пулларига эга бўлади   0

"Eng yaxshi vingerlarga ega bo'lgan jamoa JCHda g'olib bo'ladi" - Arsen Venger Yangiliklar

"Eng yaxshi vingerlarga ega bo'lgan jamoa JCHda g'olib bo'ladi" - Arsen Venger

Bugungi kunda FIFAda ishlab kelayotgan taniqli shaxslar Arsen Venger va Yurgen Klinsmann Qatarda OAV vakillari bilan uchrashdi.

Quvonarlisi, mazkur uchrashuvda Championat.asia xodimi ham qatnashdi. Anjumanda ishtirok etgan Arsen Venger va Yurgen Klinsmann tobora rivojlanib borayotgan futbolning ayrim jihatlari, zamonaviy futboldagi darvozabonlar o'rni, keyingi JCH formati va boshqa mavzular yuzasidan malumotlarni ulashdi. 


Jahon chempionatining guruh bosqichida so'nggi Jahon chempionatiga nisbatan keng qanotlarda uzatilgan to'plardan so'ng urilgan gollar soni 83 foizga o'sdi. Arsen Vengerning fikricha, bu tendenciya musobaqada kim g'alaba qozonishini aniqlab beradi.

FIFAning jahon boshqaruv organi tomonidan birinchi davradagi texnik tahlilini muhokama qilar ekan, uning global futbol rivojlanishiga rahbarlik qiluvchi Venger jamoalar imkoniyat yaratish uchun qanotlardan ko'proq hujum qilishga majbur bo'lishini aytdi.



"Jamoalar maydon markazini to'sib qo'yishadi, shuning uchun ular qanotlarda ko'proq ochiladi... demak, eng yaxshi vingerlarga ega bo'lgan jamoalar Jahon chempionatida g'alaba qozonish uchun eng yaxshi imkoniyatga ega", – dedi Venger yakshanba kuni Qatardagi taqdimotda.


FIFAning texnik tadqiqot guruhi azosi Yurgen Klinsmanning aytishicha, ko'proq zich himoya sxemasi jarima maydonchasi tashqarisidan zarbalar soniga ham tasir qiladi.

"Jamoalar uchun markazdan o'tish haqiqatan ham qiyin. Himoya va yarim himoya chizig'i bir-biriga shunchalik yaqinki, markazdan o'tish imkoniyati yo'q", – dedi u.

Ushbu himoya sxemasi 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tgan Jahon chempionatidan keyin jarima maydonchasi ichidan zarbalar soni 33 foizga qisqardi.



Klinsmanning so'zlariga ko'ra, malumotlar evropaliklarga qaraganda Janubiy Amerika jamoalariga ko'proq maqul kelgan.

"Bu ularning sevimli o'ynash usuli. Bu ko'cha futboli o'yinlariga bo'lgan muhabbat... bolalar bir-birini qabul qilishadi, bir-biriga qarshi. SHuning uchun ular bunga olib kelishi ajablanarli emas", – dedi u.

Yana bir katta o'zgarish darvozabonlarning tez-tez pas berishlari bo'ldi. Posbonlar Rossiyadagi guruh bosqichida 443 marta pas uzatgan bo'lsa, Qatarda bu 726 taga etdi.

"Bu uzatmani amalga oshiruvchi darvozabonning texnik darajasi jamoa sifatining muhim elementiga aylanganini anglatadi.

U jamoaning haqiqiy qismiga aylanmoqda: endi ular jamoaning bir qismi, ular jamoaning zamonaviy bo'lagi", – dedi Venger.

Vengerning takidlashicha, Qatardagi o'yinlar oxirida to'xtalish vaqti o'yinlarga unchalik tasir qilmaydi, ammo futbolchilarda jismoniy talablar oshishi mumkin.

SHuningdek, u 2026 yilda mundialdagi terma jamoalar sonini 32 tadan 48 taga oshirish tarafdori ekanini aytib, bu mamlakatlarni ichki standartlarini oshirishga undashini aytdi.

"Demak, yana 16 ta yaxshi jamoa topishimiz kerak bo'ladi. Ishonchim komilki, agar mamlakatlar jahon sahnasiga chiqish uchun ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lsa, o'sha mamlakat rivojlanish sari intiladi", – dedi franciyalik mutaxassis.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика