So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  51 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

Eng qimmat va yaxshisi “Real Madrid”ga tegishli, ingliz jamoalaridagi katta shartnomalar. Tarixdagi eng qimmat ekipirovka kelishuvlari (TOP-10) Yangiliklar

Eng qimmat va yaxshisi “Real Madrid”ga tegishli, ingliz jamoalaridagi katta shartnomalar. Tarixdagi eng qimmat ekipirovka kelishuvlari (TOP-10)

Evropa jamoalarining asosiy foydalaridan biri - tijorat shartnomalaridir.

Evropa jamoalari texnik homiylaridan katta miqdordagi mablag'larga ega bo'lishadi. Biz esa ayni vaqtda eng foydali texnik homiylarga ega bo'lgan TOP-10 jamoa haqida fikr bildirib o'tamiz.


10. "Liverpul" — Nike. Bir mavsum uchun 35 million evro 

“Liverpul” "New Balance"dan voz kechdi va "Nike" kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Bu kelishuv ortidan esa sud ham bo'lib o'tdi. "New Balance"ning takidlashicha, agar ularning raqobatchilari bilan shartlar teng bo'ladigan bo'lsa, ingliz jamoasi bilan kelishuv avtomatik tarzda uzaytirilishi lozim edi. Ammo “Liverpul” sudyani "Nike" marketing imkoniyatlari va jamoa libosini butun dunyo bo'ylab 6000-8000 savdo nuqtalarida joylashtirish vadasi bilan yaxshiroq hamkorlikni taklif qilganiga ishontirdi. SHartnomaga ko'ra, “Liverpul” yiliga 35 million evro miqdorida kafolatlangan pul oladi, qolgani boshqa bonuslar va sotuvdan tushadi. Ingliz jamoasi "Nike"dan olingan daromad 92,5 million evroga etadi, chunki klub futbolkalar sotuvidan tushadigan daromadni 20 foizni oladi. odatda boshqa jamoalar 7,5 foizga ega bo'ladi.

9. “Yuventus” — adidas. Bir mavsum uchun 51 million evro

Italiya klubi nemis brendi bilan 2018 yildan  beri birga . Aynan shu yili “Yuventus” formalarining sotuvi keskin oshib ketgan (Ronaldu effekti). SHu sababli ham turinliklar o'sha yili yillik kafolatlagan gonorardan tashqari, 15 million evro bonusga ham  ega bo'lishgandi. Umuman olganda “Yuventus” "Adidas"dan yiliga 51 million evro oladi. SHuningdek, formalar sotuvidan malum miqdordagi foizga ega chiqadi.

8. “Bavariya” — Adidas, Bir mavsum uchun 60 million evro 

 "Adidas" “Bavariya”ning 8 foiz akciyalariga egalik qiladi va jamoaga 1965 yildan beri forma tayyorlab keladi. Klub va kompaniyaning so'nggi kelishuvi 2015 yil amalga oshirilgan. Nemis jamoasi "Adidas"dan yiliga 60 million evro pul oladi. Bundan oldingi shartnomada esa yillik summa 25 millionni tashkil qilgan.

7. “CHelsi” — Nike. Bir mavsum uchun 70 million evro 

2016 yilda “CHelsi” "Adidas" bilan hali olti yillik shartnoma bo'lishiga qaramasdan kelishuvni bekor qiladi. Buning ortidan London klubi nemis brendiga 46 million tovon puli to'laydi. Biroq “ko'klar” bu tovon pulini "Nike"dan chiqarib olishga erishadi. Ular 2017 yilda "Nike" kompaniyasi bilan 15 yillik kelishuvga erishadi. Bu kelishuvning umumiy summasi 1,05 milliard evroni tashkil qildi. Ingliz jamoasi AQSH brendidan yiliga 70 million evro + formalar sotuvidan malum miqdordagi foizni qo'lga kiritadi.

6. “Manchester Siti” — Puma, Bir mavsum uchun 75 million evro 

2019 yilda “Man Siti” "Nike"dan voz kechdi va "Puma" bilan shartnoma imzoladi. Bu shartnoma "Puma" tarixidagi eng yirik kelishuv bo'ldi. "Puma" Angliya jamoasidan tashqari, “Man Siti” rahbariyatiga tegishli bo'lgan jamoalarni ham kiyimlar bilan taminlaydi.

5. PSJ — Nike, Bir mavsum uchun 80 million evro

PSJ va “Nike” 30 yildan ortiq vaqt davomida birga ishlamoqda va bir yil avval ular shartnomani yana o'n yilga uzaytirishdi. Yangi shartnoma nafaqat erkaklar futbol jamoasi, balki ayollar va gandbol jamoalarini ham qamrab oladi.Oldingi kelishuvga ko'ra, parijliklar 25 million evro olishgan, hozirgi shartnomaga ko'ra — har bir mavsum uchun kamida 80 million evro (plyus bonuslar). Tomonlar, shuningdek, 2021 yilda "Jordan" eksklyuziv brendi bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishdi.

4. Arsenal — adidas, Bir mavsum uchun 85 million evro

Avvalgi kelishuvning yakunlanishiga ikki yil qolganida “Adidas” va “Arsenal” yangi shartnomaga qo'l qo'yishdi. Buning evaziga londonliklar yaxshigina bonus olishdi. Ingliz jamoasining bir yillik kafolatlangan gonorari 85 million evroni tashkil etadi.

3. “Manchester Yunayted” — adidas, Bir mavsum uchun 104 million evro

MYUning nemis brendi bilan hamkorligi 2015 yildan beri davom etmoqda. Bu yil esa jamoalar yangi kelishuvga erishdilar. Yangi shartnoma 2025 yildan amal qiladi. Ingliz jamoasi “adidas”dan 2025 yildan boshlab 104 million evro olishadi. Bu APL tarixdagi eng yirik kelishuv. Biroq bu kelishuvning bitta yomon tarafi bor. Agar MYU qatorasiga ikki yil ECHL yo'llanmasini qo'lga kirita olmasa, ularning daromadlari ancha kamayadi.

2. Barselona — Nike, Bir mavsum uchun 105 million evro

“Nike” “Barselona” bilan 1998 yildan beri birga. 2018 yilda esa navbatdagi shartnoma imzolandi. Kelishuv o'n yilga mo'ljallangan bo'lib, bu yillar davomida kataloniyaliklar yiliga 105 million evro olishadi.  Ayni vaqtda “Barselona”ning moddiy ahvoli juda yomon va shu sababli ular “Nike” bilan yangi kelishuvni qo'lga kiritishmoqchi.



1. “Real Madrid” — adidas. Bir mavsum uchun 152 million evro

Birinchi o'rinda “Real Madrid”. Bu jamoadan boshqasi ham bo'lishi mumkin emas. Madrid jamoasi nemis brendi bilan 1998  yildan beri hamkorlik qilishmoqda. Ularning so'nggi kelishuvlari 2019 yilda amalga oshgandi. 8 yilga tuzilgan shartnoma bo'yicha madridliklar yiliga 152 million evroga ega bo'lishadi. O'tgan yili “adidas” “Real Madrid”ning 3,1 millionta futbolkasini sotishga erishdi. Bir yil avval ECHLni qo'lga kiritgani uchun 5 million evro miqdorida bonusga ham ega chiqdi.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика