So’nggi yangiliklar

01:44Миллатлар лигаси. 13-сонияда гол урган Франция мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  5 01:10ОЧЛ. "Насаф" - "Шабаб Ал Аҳли" баҳсини бошқарадиган ҳакамлар маълум!  2 00:43Италияда маош учун энг кўп пул ишлатаётган клуб номи маълум қилинди  0 00:17УЕФА "Рома" ва "Астон Вилла"ни жазолади  0 23:35Наҳотки! Депай ўзи учун жамоа топди  1 23:17"Насаф" назорат учрашувида дуранг ўйнади, голлар 90 ва 90+2-дақиқада урилди  2 22:35Миллатлар лигаси. Холанд ҳам хеч нима эмас! Қўшниларимиз Норвегия билан дуранг ўйнади  7 22:22Ўзбекистон миллий термасининг бугунги машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  4 22:00Ўзбекистоннинг бўлажак рақиби БАА нега фавқулодда кучайиб кетди?  19 21:42Футзал. Ўзбекистон Бразилияга қарши илк ўртоқлик ўйинида еттита гол фарқи билан ютқазди   32 21:24Невилл нима сабабдан тен Хаг кетмаётганини айтди  3 20:45Аббосбек Файзуллаев: "Ҳозирги кунда осон рақибнинг ўзи йўқ. Кечаги натижалар бунга исбот бўлди"  3 20:34Ўткир Юсупов бугунги машғулотларда иштирок этмади  9 20:21Назорат учрашуви. "Олимпик" "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этди  0 19:56Ўзбекистон терма жамоаси Қирғиз Республикасига қарши баҳсга тайёрланишни бошлади  7

Eng ko'p maosh oluvchi "bolakaylar" Yangiliklar

Eng ko'p maosh oluvchi "bolakaylar"

Quyida hali 19 yoshga to'lmagan, ammo shartnoma puli bazi yulduz futbolchilar maoshidan ikki barobar ko'p bo'lgan vunderkindlar haqida gaplashamiz.

Keling, ular bilan yaqindan tanishib olamiz.

Kristian Pulishich, "Borussiya" Dortmund, maoshi — haftasiga — 26,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Joshua Kimmix, "Bavariya", maoshi haftasiga — 25,000 funt

“PA” klubidan kelgan amerikalik o'yinchi asosiy jamoada 75 bor maydonga tushgan. Kristianning yutuqlarini payqamaslik qiyin: bugungi kunda u nafaqat "arilar"ning asosiy o'yinchisi, balki AQSH terma jamoasining 2017 yildagi eng yaxshi futbolchisi hamdir. U shartnoma pulini to'liq darajada oqlay oldi deb ayta olamiz. Agar shu yo'sinda davom etsa, kelgusida maoshi yanada ko'tariladi deb ishonch bilan aytish mumkin.



Kay Xaverc, "Bayer", maoshi haftasiga — 27,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Suso, "Milan", maoshi haftasiga — 22,000 funt

Xaverc xuddi Pulishich kabi jamoada asosiy o'yinchi hisoblanadi. U 35 o'yinda yuqori darajada ishtirok etgan. Xaverc poziciyasi — markaziy yoki hujumdagi yarim himoyachi. Nemis futbolchi ko'plab Evropaning top-klublarini “yorib tashlagan”. Germaniya terma jamoasining asosiy nomzodi hisoblanadi va JCH-2018ga borish uchun yaxshigina imkoniyati bor.


Yann Karamo, "Inter", maoshi haftasiga — 32,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Dris Mertens, "Napoli", maoshi haftasiga — 28,000 funt

Karamo — "Kan"ning tarbiyalanuvchisi. Kot d Ivuarda tug'ilganiga qaramay, Franciya yoshlar terma jamoasida faoliyat yuritadi. Karamo poziciyasi — markaziy hujumchi yoki o'ng qanot hujumchisi. Unga ko'plab ingliz klublari qiziqish bildirgan. Ammo ular o'rtasidagi raqobatda “Inter” g'alaba qozongan. Klub uni 2 yil ijaraga, biroq keyin sotib olish va maoshini oshirish sharti bilan shartnoma imzolagan. U Pulishich va Xaverc kabi tez-tez maydonga tushmaydi, lekin “Inter”da debyut qilishga ulgirgan. Kim bilsin, balki aynan u bahorda bo'lib o'tadigan chempionatda Spalletti jamoasining omad kalitiga aylanar?!


Panayotis Recos, "Bayer", maoshi haftasiga — 34,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Daniele Rugani, "Yuventus", maoshi haftasiga — 21,000 funt

Ha, “Bayer” hali o'smir bo'lgan o'yinchilarga ko'p miqdorda pul to'lashdan uyalmaydi. Unga eng asosiysi, futbolchi alo darajada o'ynasa bo'ldi. Markaziy himoyachi YUARda tug'ilgan, lekin Olimpiakosning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2016/2017 mavsumda yomon ishtirok etmagandi. Ammo faqatgina “Bayer” o'yinchiga 17,5 mln evro berishga rozi bo'lgan. Recos o'zining milliy terma jamoasining asosiy o'yinchisi sanaladi.


Duglas Luiz, "Manchester Siti", maoshi haftasiga — 40,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Lorenco Insine, "Napoli", maoshi haftasiga — 35,000 funt

Kim? Ha, to'g'risini aytadigan bo'lsak, biz ham uni tanimas edik. Britaniya OAV takidlashicha, u kelajagi porloq o'yinchi. Yozda “Siti”ga o'tdi, ammo hech qancha vaqt o'tmay, “Jirona”ga ijaraga berib yuborildi. O'yinchining poziciyasi — markaziy yarim himoyachi. Hozirga qadar 5ta o'yinda qatnashdi. Nima ham derdik, buyog'ini endi vaqt ko'rsatadi.

Dayot Upamekano, "RB Leypcig", maoshi haftasiga — 41,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi – Kazemiro, "Real", maoshi haftasiga — 40,000 funt

O'zini hurmat qiladigan har qanday yosh futbolchi “RB Zalcburg”dan “Leypcig”ga o'tadi. Darhaqiqat, avstraliya klubi “Red Bull” uchun ko'plab iqtidorlarni o'stirib, etkazib bergan va Upomekano ulardan biri hisoblanadi. O'zining jismonan baquvvatligiga qaramay, Dayot yuqori tezlikka ega, shu bilan birga, juda ham tirishqoq yigit. Hozirgi kunda “Manchester Yunayted” va “CHelsi” unga yaxshigina maosh taklif qilmoqda. Lekin “RB Leypcig” murabbiyi shunday iqtidorni qo'ldan chiqarish niyati yo'q.


Martin Edegor, "Real" ("Xerenven"da ijarada), maoshi haftasiga — 84,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi – Dele Alli (57,000), Gabriel Jezus (75,000)

Martin Edegor kim o'zi? U ko'pchilikka maqolalar va “Yutub”dagi bazi qisqa metrajli videolar orqali tanish. Bu shunqor uchun ikki yil avval yaxshigina raqobat ketgan va kurashda “Real” yutib chiqqan. Klub 15 yoshli yigitchaga yiliga 5 mln funt taklif qilgan. Ammo Edegor o'zini Kastileda ko'rsata olmadi. Hozirda “Xerenven”da bor imkoniyatlarini namoyon qilishga harakat qilmoqda.

Janluidji Donnaruma, "Milan", maoshi haftasiga — 180,000 funt
Unga qaraganda kamroq topadigan futbolchi — Yan Oblak (58,000)

SHartnoma tuzish borasidagi tarixni o'zingiz ham yaxshi bilasiz. Rayola o'yinchisi uchun yaxshigina maosh undirib berdi. Lekin “Milan” muxlislari Jijji chiqishlarini kechira olmadi va bundan buyon uni jamoaning “yorqin yulduzi” deb hisoblashmaydi. Kiperning klubni tark etishi mumkinligi haqidagi gaplar yana bolalay boshladi. Uning agenti esa mijozini Evropaning biror top-klubiga “o'tkazish” harakatiga tushib qoldi.

Ro'yxatimiz so'ngida, Mbappe haqida ham gapirib o'tmoqchimiz (chunki muxlislar tomonidan u haqidagi izohlar yozilishi tabiiy). Mbappe Monakoda 17,000 funt maosh olgan. Hozirgi kunda PSJda faoliyat yuritmoqda. Lekin hanuzgacha "Monako" bilan shartnomasi bekor qilinmagan. PSJ unga qancha maosh to'lashi nomalum. Kilian parijliklar bilan to'liq shartnoma tuzishi bilanoq, u ushbu ro'yxatni yangilaydi. Biroq hozircha 17,000 maosh bilan u safga qo'shila olmaydi.



Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика