So’nggi yangiliklar

13:49"Челси" КЖЧдаги бонусларини Диогу Жотанинг оиласига хайрия қилади  2 13:26Дембеле – 2025 йилда голли ҳаракатлар бўйича Европанинг энг яхши футболчиси  13 12:57Мавсум давомидаги энг кўп томошабин Суперлиганинг 18-турига келди  9 12:34Расман: "Милан" Бельгия терма жамоаси аъзоси билан узоқ муддатли шартнома имзолади  0 12:10Ямаль ўзининг хатти-ҳаракати билан Фликни ғазаблантирди. "Барселона" мураббийи нимадан норози?  7 11:48"Олтин тўп-2025". Якуний рўйхатдан жой олган 30 футболчининг тўлиқ статистикаси   23 11:19"Реал" "Челси" футболчисини қимматлиги туфайли сотиб олишдан бош тортди  7 10:25Аббосбек Файзуллаев нега янги жамоасида майдонга тушмаётгани маълум қилинди  17 09:56"Интер"га "Челси" ҳужумчиси керак  2 09:27Саудия клублари Роберт Левандовскига даҳшат сумма таклиф қилишган  3 08:58"Бавария" нархни 60 миллион еврога оширди  1 08:29"Барселона" футболчисини 60 миллион еврога сотишга тайёр  2 08:00Луис Энрике: "Бу адолатли ёки йўқлигини билмайман"  5 07:31Here we go! "Ливерпуль" яна бир транферни ҳал қилди  3 07:00Суперлига. "Бухоро" "Хоразм" билан дуранг ўйнади, "Сурхон" эса ўз майдонида "Бунёдкор"ни ишончли ҳисобда енгди  4

Eng ko'p gol urilgan mundial, finaldagi triller, Messining chempionligi - JCH-2022 voqeliklari Yangiliklar

Eng ko'p gol urilgan mundial, finaldagi triller, Messining chempionligi - JCH-2022 voqeliklari

Qatar maydonlarida o'tgan Jahon chempionati yakunlandi.

Final bahsida Messi boshchiligidagi Argentina terma jamoasi Franciyani penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub etdi.

Bir oy davomida butun dunyo etiborini o'ziga tortgan musobaqa chiroyli tarzda tugadi. Biz esa Qatarda o'tgan mundialni hech qachon unutmaymiz va bunga 20 ta sabab bor.

1. Messining chempionligi


Insoniyat tarihidagi eng yaxshilardan biri deya etirof etiladigan Leo Messi vanihoyat, JCHda g'olib bo'ldi va uzoq davom etgan Ronaldu bilan bo'lgan raqobatga nuqta qo'ydi. Leo endi Maradona va Pele qatorida, chunki u jahon chempioni.

2. Finaldagi triller

Final bahsi turnirning ajoyib kulminaciyasiga aylandi, ko'pchilikning fikri bo'yicha bu tarixdagi eng zo'r final.

3. Qishda o'tgan birinchi mundial



Qatardagi mundial birinchi marotaba qishda, yani odatiy futbol mavsum jadvalini buzgan holda o'tkazildi. Bunga sabab sifatida Qatardagi issiq ob-havo keltirildi.

4. Messi va Ronalduning so'nggi performanslari

Messi 35 yoshda, Ronaldu esa 37 da, katta ehtimol bilan bu ularning so'nggi porlagan mundiali edi.

5. Marokashning porlashi va Afrika jamoalarining birinchi yarim finali

Marokash terma jamoasi tarixiy natija qayd etdi va sensacion natijaga erishib, 4-o'rini qo'lga kiritdi.

6. Yarimavtomatik ofsayd aniqlovchi tizim

Jahon chempionatlari tarixida birinchi marotaba yarimavtomatik ofsayd aniqlash sistemasi ishlatildi.

7. Messi faktori

Leo Messi faoliyatidagi eng yaxshi Jahon chempionatini o'tkazdi va eng yaxshi o'yinchi sovriniga sazovor bo'ldi.

8. Arab davlatidagi birinchi Jahon chempionati

Arab davlatlari o'z tarixida birinchi bor mundialga mezbonlik qildi.

9. Argentinaning uzoq kutilgan chempionligi

Argentina terma jamoasi 36 yillik tanaffusdan so'ng yana jahon birinchiligida g'olib bo'ldi.

10. Ronaldu muffaqiyatsizligi


Ronaldu uchun bu turnir faoliyatidagi eng omadsizi bo'ldi, Krishtianu mundialda bor-yo'g'i 1 ta gol urdi va Portugaliya terma jamoasiga faqatgina muammo tug'dirdi.

11. Braziliya yana yutqazdi

Braziliya terma jamoasi eng kuchli tarkibga ega bo'lib, yana mundialni erta tark etdi.

12. Yangi yulduzlar

Mundialda bir nechta iqtidorlar kashf etildi – Enco Fernandes, Gonsalu Ramush, Xulian Alvares, Sofyan Amrabat, Yoshko Gvardiol, Ricu Doan va boshqalar.

13. Qahramon darvozabonlar

Qatardagi mundial, darvozabonlar performansiga aylandi – Yassin Bunu, Dominik Livakovich, Emiliano Martines, Andris Noppert, Muhammad Al Ovays.

14. Qatarning debyuti



Qatar terma jamoasi Jahon chempionatlarida debyut qildi.

15. 32 ta terma jamoa qatnashgan oxirgi JCH

JCH-2022 32 ta jamoa ishtirok etgan so'nggi mundial bo'ldi. 2026 yildagi Jahon chempionatida 48 ta terma jamoa ishtirok etadi.

16. Qo'shib berilgan daqiqalar

Bu safargi Jahon chempionatida ko'shimcha daqiqalar yangi qoidalarga asosan hisoblandi. SHu sabab ushbu mundialda juda ko'p qo'shimcha vaqt qo'shib berildi.

17. Eng ko'p gol urilgan mundial

Qatardagi mundialda jami 172 ta gol urildi – bu esa JCHlar tarixidagi rekord.

18. Mbappe ishtiroki



Turnirning eng yaxshi to'purari nomiga sazovor bo'lgan Kilian mundialda eng yaxshi o'yinchilardan biri bo'ldi. Uning ishtirokisiz bu Jahon chempionatini tasavvur qilish qiyin.

19. Risharlison shedevri

Braziliya terma jamoasi hujumchisi Risharlisonning Serbiya darvozasiga urgan goli katta ehtimol bilan turnirdagi eng chiroyli gol va Jahon chempionatlari tarixiga muhrlangani, shubhasiz.

20. Saudiyaliklarning tarixiy g'alabasi

Saudiya Arabistoni terma jamoasi 1-turda sensacion tarzda Argentinani mag'lub etdi va bu natija turnirning eng katta sensaciyalaridan biriga aydandi.

Qatar maydonlarida o'tgan Jahon chempionati siz uchun nimasi bilan esda qolarli bo'ldi?

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика