So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  0 07:32Постекоглуга сўнгги имконият берилди  0 07:10Суперлига. ОКМК – "Қўқон-1912" 0:1   1 01:33"Спорт-Экспресс": Каннаваро Ўзбекистон терма жамоасида Дешамдан кўп маош олади  36 01:00Аргентина термасининг октябрь ойидаги ўртоқлик ўйинлари учун қайдномаси эълон қилинди  1 00:36Англияда рекорд ўрнатган мураббий МЮни текинга бошқаришга тайёр  3 00:17Франческо Тотти: "Фақатгина "Рома" бунга қодир бўлса керак"  1 23:48Никки Батт: "Манчестер Юнайтед"даги ҳолатни Пеп ва Клопп ҳам ўнглай олмайди"  3 23:26ЛаЛиганинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  2 23:05Суперлига. "Хоразм" – "Навбаҳор" 1:1  0 22:53Миржалол Қосимов: "Бугун тўп билан муомала қила олмадик"  1 22:26Баҳром Ҳайдаров: "ОКМКдек жамоани ютиш биз учун катта шараф"  3 22:15U-21 биринчилиги. 23-турда пешқадам ўзгарди, "Бунёдкор"дан 6:1 ва бошқа натижалар  1 21:47Шерзод Жўраев: "Ҳозир кўпроқ футболчиларни руҳан тиклаш устида иш олиб боряпмиз"  6 21:24Ҳаким Фузайлов: "Шогирдларимга охиригача курашишгани учун раҳмат айтаман"  4

Belarus chempionati. Umarov golli pas bergan bahsda "Energetik-BGU" yirik mag'lubiyatga uchradi Yangiliklar

Belarus chempionati. Umarov golli pas bergan bahsda "Energetik-BGU" yirik mag'lubiyatga uchradi

"Energetik-BGU" hamda "Torpedo-BelAZ" o'rtasidagi Belarus chempionatining 19-tur uchrashuvi yakunlandi.

"Energetik-BGU" – "Torpedo-BelAZ" 1:4

"Gorodskoy stadion"

Gollar: Girs 31 - Premudrov 42, 47, Afanasev 65, Nikolaevich 81.

"Energetik-BGU" – Sadovskiy, Nosko, SHkurdyuk, Sokol, Bashilov, Yudchic, Umarov, Svirepa, Bakich, Musaxanyan, Girs.

"Torpedo-BelAZ" - Kozlov, Ustinov, Premudrov, Ramos, Xachaturyan, CHelestino, Velozu, Bordachev, Pavlyukovec, Yashin, Antilevskiy.


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

81. GOL! 1:4! Nikolaevich yaqin masofadan darvozaga zarba berdi, to'p darvozabonga tekkaniga qaramasdan to'rga kirib ketdi.

75. Ramos hisobni yirik ko'rinishga keltirishi mumkin edi, biroq zarba kuchsiz bo'ldi.

73. Bu safar ham Umarovning zarbasi jonli devordagi futbolchiga tegdi.

72. SHahboz Umarov yana bir standartni ijro etishga tayyorlanyapti.

65. GOL! Afanasev hisobni 1:3 ko'rinishiga keltirdi va bahs masalasini deyarli hal qildi.

61. Mezbonlar bir kishi kam bo'lishiga qaramasdan ketma-ket hujumlar tashkil qilmoqda, ammo so'nggi pasni berishda muammolar yuzaga kelmoqda.

56. "Torpedo" jarima maydonchasi oldida jarima zarbasi, to'p oldida Umarov. Zarba jonli devorga tegdi, ikkinchisi esa noaniq ketdi.

53. Umarovga uzatilgan to'pga SHahboz eta olmadi. Raqib darvozaboni to'pni egallab oldi.

47. GOL! "Torpedo" o'zining ikkinchi golini urdi, mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Yudchic chetlatildi. Premudrov esa penaltidan gol urdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.


TANAFFUS

45. Uchrashuvning birinchi bo'limiga 2 daqiqa qo'shib berildi.

42. GOL! "Torpedo" hisobni tenglashtirdi. Qanotdan uztaligan to'pni Kirill Premudrov darvozaga yo'lladi. 1:1

38. "Torpedo" standartga ega bo'ldi. To'p "Energetik" jarima maydonchasiga uzatildi va Bordachev boshi bilan to'pga zarba berdi. To'p darvozaning yonginasidan o'tib ketdi.

31. GOOOL! UMAROVNING QANOTDAN UZATGAN TO'PIDAN SO'NG GIRS TO'PNI DARVOZAGA BURIB, HISOBNI OCHDI!



27. To'p "Torpedo" jarima maydonchasiga uzatildi, Umarov to'pga zarba bera olmadi va xavf bartaraf etildi.

21. Uzun pas orqali Umarovni raqib darvozaboni bilan birga bir vaziyatga chiqarishga urinishdi, ammo "Torpedo" futbolchisi to'pni egallab oldi.

17. "Torpedo" futbolchisi Xachaturyan "Energetik" darvozasiga kuchli zarba berdi, ammo to'p darvoza ustidan o'tib ketdi.

12. To'pga egalik qilayotgan Umarovni "Torpedo" futbolchilari o'z jarima maydonchasi oldida yiqitishdi, ammo to'p "Energetik"da qolgani tufayli bahs davom ettirildi. Girsning zarbasini posbon qaytardi va mezbonlar burchak zarbasi ishlab olishdi.

4. "Torpedo" futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. Hammasi joyida Ramos o'rnidan turdi.

2. "Talabalar" bahsni juda faol boshlashdi va tezkor hujumlar amalga oshira olishdi.

1. Uchrashuv boshlandi.



Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика