Endryu Robertson: "Biz chempionlik poygasida emasmiz"
04 fev 2021 23:28
Yangiliklar


Endryu Robertson: "Biz chempionlik poygasida emasmiz"
"Brayton" bizdan kuchliroq edi. Biz bugun barcha aspektlarda raqiblarga mag'lub bo'ldik. Raqiblarga tan berish kerak. Ular doimiy vaziyat yaratishdi, bizni bosimda ushlab turishdi. Biz esa istaganimizni qila olmadik.
Yodda qolarli holat bo'lmadi. O'z maydonimizda uzoq davom etgan mag'lubiyatsiz seriyadan keyin mana ketma-ket ikkinchi marta yutqazyapmiz. O'zingni ko'rsata olmasang, natija ham bo'lmaydi.
"Manchester Siti" bilan o'yin principialligini yo'qotmagan, ammo biz chempionlik poygasida emasmiz. Biz etti ochkoga ortda qolyapmiz, ularda yana bir o'yin bor. SHuni inobatga olsak, biz 10 ochko ortdamiz, deya olaman.
Barcha yaxshi ko'radigan "Liverpul"ni ortga qaytarishimiz kerak. Biz yaxshi jamoamiz, bir tundan keyin yomon bo'lib qolmaymiz", - dedi himoyachi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar