So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Endi "Paxtakor" futbolchilarining maosh va mukofot pullari rasman elon qilinadi Yangiliklar

Endi "Paxtakor" futbolchilarining maosh va mukofot pullari rasman elon qilinadi

Bugun Toshkent shahar hokimi, "Paxtakor" futbol klubi raisi Jahongir Ortiqxo'jaev "sherlar" azolari va murabbiylari bilan klubning Qibrayda joylashgan mashg'ulotlar bazasida uchrashuv o'tkazdi.

Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati elon qildi.

"Uchrashuvda klub va jamoa oldida turgan muammolar, ularning echimlari, “Paxtakorning” kelajak faoliyati muhokama etildi.

Klub oldida turgan moliyaviy majburiyatlar shu kunlarda ijobiy hal etildi. Homiylar tomonidan ajratilgan 22 mlrd. so'm pul mablag'lari hisobidan shu kungacha yig'ilib qolgan futbolchilar, murabbiylar va klub xodimlarining maoshlaridan bo'lgan qarzdorliklar bartaraf etildi.  


Bundan buyon "Paxtakor" futbol klubi faoliyati va moliyaviy hisobotlari shaffoflik, ochiqlik tizimida yo'lga qo'yilishi to'g'risida J.Ortiqxo'jaev alohida takidladi. 

Futbolchilar ishlab topadigan mablag'lar, mukofot pullari va boshqa hisobotlar klub rasmiy manbalarida elon qilib boriladi. Bu esa ayni paytda katta futbol arafasida turgan yoshlarda professional futbolchi bo'lish ishtiyoqining o'sishida, klub azolari o'rtasida esa sog'lom raqobat yuzaga kelishida ijobiy ahamiyat kasb etadi.

O'sib kelayotgan yosh avlodga sharoitlarni yaxshilash, iqtidorli futbolchilarni tanlab olishga etibor qaratilishi, ularga bunda imkoniyatlar yaratib berilishi takidlandi. Yoshlarni futbol bilan shug'ullanish va professional futbolchi bo'lishga qiziqishini oshirish, klubning to'liq uzviy tizimda ishlashini taminlash uchun rivojlantirish quyi bo'g'inlardan boshlanishi alohida takidlandi.


Bu o'zgarishlar nafaqat “Paxtakor”ning, balki butun o'zbek futbolining rivojlanishiga turtki bo'lishi to'g'risida fikrlar bildirildi. “Paxtakor” bosh murabbiyi gollandiyalik Piter Xyoystra ham klubda boshlanayotgan tub o'zgarishlar, yo'lga qo'yilajak shaffof tizim har qanday jahon miqyosidagi futbol klubining asosiy mezoni ekanini takidladi" - deyiladi matbuot xizmatining xabarida.

Reyting: +41   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика