So’nggi yangiliklar

11:10Осимхен "Ал Аҳли"да қанча ишлаб олиши маълум  0 10:42Янгилаган EЧЛ ғолиби қанча пул ишлаб олиши маълум  5 10:10Хосе Венансио Лопес: "Португалиядаги йиғинда биз Европа терма жамоалари билан даражамиз қанчалик фарқ қилишини билиб олдик. Мундиалда реалист бўлишимиз ва имкониятларимизни тўғри баҳолашимиз керак"  1 09:50"Арсенал" яна бир юлдуз футболчи билан шартнома тузмоқчи  2 09:23«Барселона» «Nike» сабабли Нико Уильямс ва Рафаэл Леау билан шартнома туза олмади. Нега?  3 08:54Гвардиола "Ман Сити" xодимларига катта миқдорда пул совға қилди  1 08:25Аббосбек Файзуллаев ЦСКА бош мураббийи Марко Николич ҳақида фикр билдирди  9 07:58Карло Анчелотти "Реал Мадрид"нинг Испания чемпионатини ёмон бошлагани ҳақида гапирди  0 07:33Ўзбекистон кубоги. Бугун финалчилар аниқланади  17 07:15Саудия чемпионати. "Ал Иттиҳод" - "Ал Таавун", Бензема ванихоят гол урди  0 06:50Ла Лига. "Лас Пальмас" - "Реал Мадрид", "Реал"нинг омади келди, рақиб жамоанинг иккинчи голи ҳисобга олинмади  5 06:35Конференциялар лигаси. "Панатинаикос" - "Ланс", Француз жамоаси қарши ҳужумда жазоланди  0 02:27Ла Лига. "Реал" сафарда "Лас-Пальмас"ни енга олмади  41 01:30Вазифа "омадсиз" бажарилди... "Челси" мағлуб бўлган ҳолда Конференциялар лигаси гуруҳ босқичига йўл олди, "Астана"дан суперкамбек!  3 01:28Sofascore. "Ланс" мағлуб бўлган ўйинда Абдуқодир Ҳусанов неча баллга лойиқ кўрилди?   1

Endi futbolda nafaqat tana, balki miyani ham shug'ullantirishyapti Yangiliklar

Endi futbolda nafaqat tana, balki miyani ham shug'ullantirishyapti

"Lester" - "Tottenxem" uchrashuvi, londonliklar to'pni darvozadan o'yinga kiritishdi, raqib pressing uyushtiryapti.

Yan Vertongen qiyin vaziyatda - u uzun pas bersa, to'p yo'qotilishi mumkin yoki darvozabonga tavakkal pas varianti bor. Rouzni Peres yopishga tayyor turibdi. Nega o'ngga pas bermaydi (Vertongen o'sha qanotni ko'rmayapti)? CHunki bu vaziyatda Jeymi Vardi "Tottenxem" qaysi qanotdan hujum qilishini belgilab berdi. Forvard ikki markaziy himoyachi o'rtasiga tushdi va Vertongen narigi qanot yopildi deb hisoblab, faqat chap bilan o'ynashga qaror qildi.

Bir daqiqadan so'ng vaziyat takrorlandi.


Ikkala holatda ham "Tottenxem" to'pni yo'qotgan, chunki "Lester" to'psiz harakat qilib, o'yin qaysi qanotda bo'lishini belgilab berib, pressing uyushtirmoqda.


Vardi hech qachon aqlli futbolchi sifatida hisoblanmagan, ammo forvard bu vaziyatlarni o'qiy oldi, albatta, Brendan Rojersning yordami bilan. Hozir aniq qarorlar va ideal poziciya xuddi ajoyib dribling kabi muhim.


Yana bir ideal misol - 2016/17 mavsumda "Xoffenxaym"ning "Leypcig"ga qarshi bahsdagi qarshi hujumi. Sebastyan Rudi  oldinga qarab intilmoqda. Bir raqib orqada, ikkinchisi himoyaga qaytmoqda, uchinchisi qanotga o'tyapti. Rudi markazdagi doiraga yaqinlashmoqd, bu vaqt ichida esa Sandro Vagner (qizil butsada) markaziy himoyachini o'z ortidan ergashtirib, qanot futbolchisi (u hali kadrda yo'q) uchun joy ochib beryapti.

Keyin to'p chap qanotda ochilgan Nadim Amiriga uzatiladi, u esa Kramarichga pas beradi. Natijada Amiri-Kramarich darvozabon bilan 2ga1 chiqmoqda. Bir necha soniyadan so'ng Amiri hisobni ochdi.

Yulian Nagelsmann istagani bo'ldi, u bunday harakatlarni zigzag uslubida ochilish deydi: to'p markazdan qanotga oshiriladi, keyin markazga va to'p takroran qanotdagi futbolchiga uzatiladi. Bu hujumda tasodifiy yurishlar yo'q.


"Futboldagi xakkerlar: Fan va malumotlar revolyuciyasi sanati" kitobi muallifi Kristof Bermann o'sha payt "Xoffenxaym" mashg'ulotlarida bo'lib, o'nlab mashg'ulotlarni ko'rdi va ularning hammasini ham tushuna olmadi.

- Futbolchilarda kengligi 15 metr, uzunligi yarim maydonga teng hudud bo'ladi. Qisqa paslar bilan zich himoyadan o'tish kerak.


- Maydonga ikki juft darvozaolib chiqiladi: Futbol darvozalari to'g'risiga xokkey darvozalari qo'yiladi. Futbolchilar qanot almashib, diagonallarni sinab, darvozaga zarba berishadi.


- Bu mashg'ulotlar jamoa psixologi Yan Mayer bilan o'ylab topilgan. "Mashg'ulot paytida ularning boshi aylanib qolishini xohlaymiz" - degan psixolog.


Himoyachi Benjamin Xyubner mashg'ulotlardagi g'oyani tushunish uchun bir necha hafta kerak bo'lganini aytgandi.


"Nagelsmann o'yinni bir necha qismga bo'lyapti. Har bir qism bo'yicha maxsus mashg'ulotlardan so'ng, ular bitta o'yinga jamlanmoqda" - degan edi Sandro Vagner.


Cucenxauzendagi katta ekranni esingizdami? Nagelsmann mashg'ulot paytida aynan shu ekran orqali taktik videolarni ko'rsatib, futbolchilarga maydonda nima sodir bo'layotganini tushuntirgan. Ammo bu jarayonning bir qismi. "Xoffenxaym" bundanda jiddiyroq ishlaydi.

Mayer 2008 yildan beri "Xoffenxaym"da. Hammasi u murabbiylar bilan bir jihatni sezib qolganidan boshlandi. Asosiy jamoaga o'tgan barcha yosh futbolchilar bitta narsani aytishardi: "Ux, bu erda hammasi tezroq ekan". Gap jismoniy holatda emas, ularning baxilari kattalardan baquvvatroq edi. Hammasi qarorlar tezligida edi.


Klub psixologi hammasini aniq tushuntirib berdi: Avvallari avtomatik ravishda o'ynashgan bo'lsa (o'ylamasdan pas berish), hozir bu etarli emas, hammasi qiyinlashib ketgan. FIFA tadqiqotlariga ko'ra, zamonaviy futbolchilar 60 yillardagi o'yinchilardan 35% tez va paslarda aniqroq. Germaniya terma jamoasi 2006 yildan 2014 yilgacha to'p bilan bo'lish vaqtini 2,9 soniyadan 0,9 soniyaga etkazgan. Bundey tempda tez o'ylamasang aniqlikni saqlab qolishning iloji yo'q.


"Biz miya ichidagi jarayonni tezlashtirmoqchimiz. Ko'plab futbolchilar juda sekin o'ylashadi, ammo tezlik ustida ishlash mumkin" - deb tushuntirgandi Mayer.

O'yinlar o'ylash tezligini oshiradi. Hammasi uchuvchilardan boshlangan


Minglab futbolchilar tadqiqot o'ylab topilishidan avval miyalarini shug'ullantirishgan. UEFA murabbiyi Emi Praysning (o'yinlarning o'ylashga tasirini o'rgangan) so'zlariga ko'ra, bunda xatto oddiy FIFA (kompyuter o'yini) yordam berishi mumkin: 

"Futbolga moslashgan kompyuter o'yinlari taktika haqida aniq tushuncha beradi" degandi Prays. Kimdir aytayin simulyatorlardan foydalanadi. Masalan, Aleks Ivobi 2016 yilda futbol uchrashuvlaridan oldin raqibni o'rganish uchun FIFA o'ynagan ekan. Ammo bazi klublarda kompyuter o'yinlari - mashg'ulotning ajralmas qismi. Gap FIFA yoki PES haqida ketmayapti.


"Xoffenxaym" futbolchilari haftada bir marta mashg'ulot markazidagi birinchi qavatda planshetlar yordamida Mayer va SAP kompaniyasi ishlab chiqqan ilovalarni o'ynashadi. Futbolchilarga ko'proq miyani ishga soladigan o'yin beriladi.  Masalan, ko'k va olov rangdagi futbolchilar joylashgan maydon ko'rsatiladi. Kim ko'proqligini tezda aniqlash lozim. Har bir javobdan so'ng maydondagilar soni ortib boraveradi va javob qiyinlashadi.


"Bunday o'yinlar qaror qabul qilish tezligiga yordam beradi. Zamonaviy dunyoda 0,3 soniya katta ustunlik degani" - deydi Mayer.


SHunga o'xshash o'yin seanslari Gollandiyaning AZ klubida ham bor: Futbol maydoniga o'xshash hudud, unda ko'k va olov rangdagi kosmik kemalar mavjud, futbolchi esa ulardan birini boshqaradi. Vazifa - yo'lma-yo'l sariq oltiburchakka o'q uzib, qolganlarni kerakli hududga olib o'tish. O'yinchi bir necha predmetlarni hisobga olishi, ularning harakatiga reakciya qilishi lozim.


Bu uslub xarbiy aviaciyadan kirib kelgan. 90 yillarda Isroil xarbiy havo kuchlari psixologi Daniel Gofer Space Fortress o'yini (uni reakciyani o'rganish uchun o'ylab topishgan) uchuvchilarning o'ylash qobiliyatini yaxshilashini payqagan. Vazifa oddiy: Kemani boshqarish va raqib zarbalaridan qochib, minalarni yo'q qilish kerak.


Goferning tadqiqoti 94 yilda Human Factors jurnalida chop etildi. Gofer tadqiqotga 58 nafar kursantni jalb qildi va ularni guruhlarga bo'ldi: Bir guruh kursantlar uchishga tayyorlanish uchun Space Fortress o'yinidan foydalandi, qolganlari esa odatiy mashg'ulotlarni davom ettirishdi. Olimlar ularning o'sishini kuzatib borishdi. Ko'p natijalar solishtirildi. Statistika bo'yicha, o'yin o'ynaganlar guruhi 33ta ko'rsatkichning 27tasi bo'yicha oddiy mashg'ulotlarda ishtirok etganlardan ustunligi aniqlandi.


SHunsha o'xshash mashg'ulotlar NASA va dunyoning turli xarbiy havo kuchlarida foydalaniladi. Bunday o'yin/testlarni internetda ham topishingiz mumkin.


Ilk marotaba bu texnologiyani 2001 yil sportda qo'llab ko'rishgan. Applied Cognitive Engireering (ACE) kompaniyasi Gofer bilan hamkorlikda ilova yaratishni boshladi. Avvaliga etibor xokkey va basketbolga qatarildi, 2015 yilda esa futbolchilar uchun ilova yaratishga ACE Evroittifoqdan 1,9 mln. evrolik grant olgan. SHunday qilib InterlliGym Football yaratildi va u PSV, AZ, "Zalcburg", "Rapid", "Gamburg" va "Arminiya" futbolchilarida sinovdan o'tkazildi. Mashg'ulotlarga 600ga yaqin futbolchi jalb qilindi.


Xo'sh, ish beryaptimi?

Hozircha faqat yaratuvchilar bilan faqat tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Unga chetdan mutaxassislar jalb qilingan (masalan, murabbiylar), ammo hozircha buni mustaqil test deb bo'lmaydi.

Uchuvchilar kabi nemis va gollandiyalik futbolchilarni (14-17 yosh) ham ikki guruhga bo'lishdi. Birinchi guruhdagilar Soccer IntelliGym o'yinlari yordamida mashg'ulotlar o'tkazishdi, qolgan yigitlar esa odatdagidek - futbol videolarini ko'rishdi, uzatma, zarba, fol va ochilishlarni o'rganishdi. 10 hafta davom etgan tajriba davomida bolalar maydonda oddiy va qiyin holatlardan chiqishga urinishdi.

Mashg'ulotlar ikki bosqichda baholandi: Avvaliga licenziyalik murabbiylar tomonidan, keyin mustaqil ekspertlar video orqali. Baho beruvchilarning ikkinchi guruhiga kim qanday tartibda mashg'ulot o'tkazgani aytilmadi. SHunchaki qarorlar bo'yicha baho qo'yishdi.

O'yinchilar to'rt mezon bo'yicha baholandi: Hujum, himoya, himoyadan hujumga o'tish va aksincha. IntelliGym malumotlariga ko'ra, ilovalardan foydalangan futbolchilar 10 hafta ichida poziciya tanlashda 56% va to'g'ri qaror qabul qilishda 26% o'sishga erishishdi. Klassik guruh vakillari esa 10%ga.


PSVda IntelliGym bo'yicha ishlagan Yurrit Sandersning fikricha, xulosa chiqarishga hali erta: "Futbolchilar nima sababdan o'sganini aytish qiyin: O'yin tufaylimi yoki boshqa sabab bormi?"


AZdagilar esa xursand: "Ajoyib natijalarning guvohiga aylanyapmiz. Bu uslub klubimiz falsafasiga juda mos. Bunday mashg'ulotlardan so'ng futbolchilar vaziyatlarni osonroq o'qishadi" - degandi klub rivojlanish bo'limi rahbari Marin Beyker.


Tez orada bunday ilovalar hammada bo'ladimi?

Balki shundaydir. Taxminlarga ko'ra, planshetdagi o'yinlarni real mashg'ulotlarga qo'shib yuborishadi. Masalan - o'sha "Xoffenxaym". Klub bazasida Footbonaut deb nomlanuvchi katta angar bor. U erda 64ta sektor bilan o'ralgan 14ga14 metrli maydon mavjud. Futbolchi markazga turib oladi va unga har tomondan to'plar uchib keladi, ularning tezligi va traektoriyasini nazorat qilish mumkin. Futbolchining vazifasi - pasni qabul qilib, kerakli sektorga (ular maxsus rangda yonadi) to'pni yo'naltirish lozim. Footbonaut mashg'ulotlari "Xoffenxaym"ning barcha yoshdagi jamoalari uchun muhim, asosiy jamoa o'yinchilari o'zi istaganda bu angarda ishlashi mumkin. Bunday trenajerning analogi ko'plab akademiyalarda bor - masalan, "Krasnodar"da.

Endi futbolchilar nafaqat jismoniy, balki o'ylashga mo'ljallangan testlardan o'tganini eshitsangiz hayron bo'lmaysiz. O'sha "Xoffenxaym"da miya ijro funkciyalarining baholash tizimi mavjud. Futbolchilar malum bir ovoz signalidan so'ng turli rangdagi tugmachalarni bosishlari kerak. Test 350ta tugmachadan iborat. Bitta tugmachani bosish uchun o'rtacha 0,5 soniya vaqt ketadi. Eng yomon natija - 0,8 soniya.


Bu 0,3 soniya maydonda katta farqni hosil qiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика