So’nggi yangiliklar

21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  5 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7

Endi bizda ham APLdagi kabi liboslarda bir xil shrift bo'ladi FOTO Yangiliklar

Endi bizda ham APLdagi kabi liboslarda bir xil shrift bo'ladi FOTO

Teglar :  Superliga
Endi Superliganing barcha jamoalari liboslarida bir xil shrift bo'ladi.

Har tomonlama qiziqarli va tomoshabop, muxlislarga manzur bo'luvchi chempionat tashkil etishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan O'zbekiston Professional futbol ligasi ortda qolgan mavsumda ko'plab jabhalarda, jumladan mamlakat Superligasi uchrashuvlari teletranslyaciyasi borasida ancha oldinga qadam tashladi.

2018 yilgi mavsum uchrashuvlari davomida o'yinni tomosha qilayotgan muxlislar jamoalar futbolchilari egnidagi libosda ularning familiyasi hamda raqami turli ko'rinishda yozilgani sabab bazan o'yinchilarni tanib olishda kichik muammolarga duch kelgan holatlari ham kuzatildi. Zero klublar formalarida aks etuvchi shrift har doim ham yaqqol ko'zga tashlanadigan va o'qilishi sodda bo'lavermaydi.

Jahonning etakchi ligalari tajribalaridan kelib chiqqan holda O'zbekiston Professional futbol ligasi 2019 yilgi mavsumdan etiboran Superliga va Pro-liga “A” guruhi klublari forma uchun yagona standart shriftdan foydalanishlarini malum qiladi.

Angliya, Franciya, Portugaliya, Ispaniya kabi etakchi mamlakatlar milliy chempionatlarida allaqachon ushbu tajribadan foydalanishadi. Angliya klublari uchun 1997 yilda yagona shrift ishlab chiqilgan bo'lsa, Ispaniyada o'tgan mavsumdan boshlab barcha klublar bir xil standart shriftdan foydalanib kelishmoqda.

Barcha klublar uchun standart shrift joriy etilishi yuqoridagi mamlakatlar futbol jamoatchiligi tomonidan qo'llab-quvvatlab kelinadi. Zero hammaga birdek tushunarli va yaqqol ko'zga tashlanuvchi shriftdan foydalanilsa, stadiondan o'yinni kuzatayotgan muxlis ham, o'yinni TV orqali tomosha qilayotgan ishqiboz ham maydonda to'p surayotgan futbolchilarni hech qanday qiyinchiliksiz tanib olishi mumkin bo'ladi.

Yangi mavsumdan etiboran O'zbekiston Superligasi va Pro-ligasi “A” guruhi ishtirokchi jamoalari ham bir xil shriftdan foydalanishadi.

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика