Emre Jan: "Yozda "Bavariya" bilan ham muzokaralar bo'lgan, lekin men "Liverpul"ni tanladim"
11 okt 2014 21:55
Yangiliklar


Emre Jan: "Yozda "Bavariya" bilan ham muzokaralar bo'lgan, lekin men "Liverpul"ni tanladim"
"Liverpul" futbolchisi Emre Jan ingliz jamoasiga kelib qo'shilishi haqida gapirib o'tdi.
"Bavariya" meni sotib olishni istagandi. Bu borada yozda hattoki muzokaralar ham o'tkazilgan. Lekin, men "Liverpul"ga o'tishga qaror qildim.
Transfer amalga oshishi oldidan Brendan Rojers bilan gaplashdim. Ushbu suhbat mening kelajagim borasida muhim rol o'ynadi.
Transfer amalga oshishi oldidan Brendan Rojers bilan gaplashdim. Ushbu suhbat mening kelajagim borasida muhim rol o'ynadi.
"Liverpul" o'z ambiciyasiga ega jamoa. Jamoaning o'yin uslubi meni qoniqtiradi. Men aynan shunaqa futbol o'ynashni istayman", - deydi Jan.

Fikrlar