“Empoli” darvozaboni bitta o'yinda 17 ta seyvni amalga oshirdi
16 apr 2019 09:15
Yangiliklar


“Empoli” darvozaboni bitta o'yinda 17 ta seyvni amalga oshirdi
Kecha “Empoli” A Ceriyaning 32-turi doirasida “Atalanta” bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.
Bellashuvda “Empoli” posboni Bartlomey Drongovski 17 ta seyvni amalga oshirdi. Bu A Ceriyaning mazkur statistikasi (seyvlar) yuritila boshlangan 2004/05 yilgi mavsumdan beri qayd etilgan rekord ko'rsatkichdir. “Atalanta” mazkur o'yinda 21 yoshli polshalik darvozabon tomon 47 ta zarba yo'lladi, shundan 18 tasi aniq chiqqan. Drongovskining transfer huquqi “Fiorentina”ga tegishli bo'lib, u ijara asosida “Empoli”da to'p surmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar