"Emireyts"ga "Qora Pantera"ning "singlisi" tashrif buyurdi
02 apr 2019 15:45
Yangiliklar


"Emireyts"ga "Qora Pantera"ning "singlisi" tashrif buyurdi
Kecha, 1 aprel kuni "Arsenal" "Nyukasl"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 32-tur uchrashuvini o'tkazdi.
Bahsni tomosha qilish uchun "Emireyts" stadioniga "Qora Pantera" filmidagi bosh qahramon Qora Panteraning singlisi SHuri rolini ijro etgan aktrisa Letisha Rayt tashrif buyurdi.
"Qora Pantera" filmidan lavha
Letisha Rayt "Nyukasl"ga qarshi bahsdan so'ng "Arsenal"ning "Qora Panterasi" - Per-Emerik Obameyyangdan klub futbolkasini qabul qilib oldi va futbolchi bilan birga suratga tushdi.
Eslatib o'tamiz, Obameyyang "Renn"ga qarshi Evropa ligasi 1/8 final javob bahsida "Qora Pantera" niqobi bilan golni nishonlagan edi.
FOTO Gabonlik superqahramon. Obameyyang golni yana niqobda nishonladi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar