Rasman: Gunnerzavr “Emireyts”ga qaytdi!

Eldor Akmurzayev
10 noya 2020
Oktyabr boshida “Arsenal” koronavirus pandemiyasi vaqtida xarajatlarni kamaytirish maqsadida 35 ming funt sterling maosh oluvchi klub maskoti Gunnerzavrni bo'shatib yuborgandi.

Keyinchalik “to'pchilar” xavbeki Mesut O'zil klubdan ketguniga qadar Jerrining maoshini o'z hisobidan to'lashini ma'lum qilgandi.

Bugun maskot “Emireyts”ga qaytdi va bu haqda o'z sahifasi orqali ma'lum qildi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/Gunnersaurus