"Emireyts"ga "Qora Pantera"ning "singlisi" tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2019
Kecha, 1 aprel kuni "Arsenal" "Nyukasl"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 32-tur uchrashuvini o'tkazdi.

Bahsni tomosha qilish uchun "Emireyts" stadioniga "Qora Pantera" filmidagi bosh qahramon Qora Panteraning singlisi Shuri rolini ijro etgan aktrisa Lyetisha Rayt tashrif buyurdi.

"Qora Pantera" filmidan lavha


Lyetisha Rayt "Nyukasl"ga qarshi bahsdan so'ng "Arsenal"ning "Qora Panterasi" - Per-Emerik Obameyyangdan klub futbolkasini qabul qilib oldi va futbolchi bilan birga suratga tushdi.

Eslatib o'tamiz, Obameyyang "Renn"ga qarshi Yevropa ligasi 1/8 final javob bahsida "Qora Pantera" niqobi bilan golni nishonlagan edi.

FOTO  Gabonlik superqahramon. Obameyyang golni yana niqobda nishonladi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: arsenal.com