Emeri: “PSJ” Neymarga “Real” ustidan g'alabani taqdim etmoqchi”
03 mar 2018 00:35
Yangiliklar
Emeri: “PSJ” Neymarga “Real” ustidan g'alabani taqdim etmoqchi”
“PSJ” bosh murabbiyi Unai Emerining aytishicha, jamoasi ECHL 1/8 finalida “Real”ga qarshi bahsda “kambek”ni amalga oshirib, g'alabani Neymarga bag'ishlash niyatida.
Braziliyalik futbolchi 6 mart kuni Parijda “Real”ga qarshi bahsda jarohati bois maydonga tusha olmaydi. Madriddagi ilk uchrashuvda qirollik klubi 3:1 hisobida g'olib chiqqandi.
“Neymarga g'alabani sovg'a qilmoqchimiz. Uchrashuvga ishonch bilan tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Tarkibmizda ko'plab iqtidorli futbolchilar bor va ular o'z imkoniyatlarini kutib turishibdi. Biz “kambek”ni amalga oshirishga qodirmiz.
Neymarni “Real”ga qarshi maydonga tusha olmasligi malum, shunga qaramay u doim biz bilan. Uning mydonda bo'lishi bizga juda katta foyda bo'lardi, ammo boshqa futbolchilar bilan ham g'alaba qozonishimizga ishonaman”, deya Emerining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Marca.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar