Emeri: "Mbappe "Real"ga o'tishni xohlagandi"
21 may 2019 21:15
Yangiliklar


Emeri: "Mbappe "Real"ga o'tishni xohlagandi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri 2018 yili PSJ forvardi Kilian Mbappeni "qirollik klubi"ga o'tishni istaganini aytdi.
"Bazi paytlarda hamma uni PSJda qolishiga undar edi. Hattoki, men uni klubda qolishi uchun otasi bilan gaplashib ko'rganman. "Real"ga o'tish - Mbappening orzusi edi. SHuningdek, unda "Barselona"ga o'tish varianti ham yo'q emas edi. Ammo, Kilian Madrid klubi bilan tezroq shartnoma tuzishni xohlagandi.
Biz uni Franciyada qolishi uchun qo'limizdan kelganini qildik. Hatto, ko'plab pullarni stol ustiga qo'yib, PSJda qolishiga ishontirganmiz", - dedi Emeri.
Eslatib o'tamiz, Unai Emeri PSJ klubini 2016-2018- yillarda boshqargan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar