Emeri: "Mbappe Ispaniyada o'ynashni istagandi"

Mirjalol Normatov
6 may 2018, 18:55
O'tgan yozda PSJ Kilian Mbappeni ijaraga oldi.

Parij klubi bosh murabbiyi Unai Emerining aytishiga ko'ra, o'shanda futbolchi Ispaniyada o'ynashni istagan ekan.

"Mbappe PSJda o'ynayotgani bilan fransiyaliklar faxrlanishi kerak. Uning otasi bilan uchrashganimda Kilian "Real" yoki "Barsa"ga o'tishni istayotgani aytilgandi. Biroq u Fransiyada to'p tepishi lozimligini tushuntira olgandim", - dedi Emeri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L`Equipe