Emeri: "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alaba bizni ruhlantiradi"
20 jan 2019 06:34
Yangiliklar


Emeri: "CHelsi" ustidan qozonilgan g'alaba bizni ruhlantiradi"
"Arsenal" bosh murabbiyi Unai Emeri APL 23-turida "CHelsi"ga qarshi o'yindan (2:0) so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Muxlislarimiz uchun g'alaba qozonishni xohladik. Turnir jadvalida "CHelsi" bilan oradagi farq 6 ochkoni taqshkil qilayotgandi. Markaziy o'yindagi ustunlik bizni ruhlantiradi. Bugungi uchrashuvdan hursand bo'lishmiz mumkin. Ammo, o'yindan o'yinga harakat qilishni davom ettirishimiz kerak.
Uy va mehmondagi uchrashuvlarda to'g'ri muvozanatni ushlashimiz lozim. Oldingi "Vest Xem"ga qarshi o'yin bilan "CHelsi" bilan bo'lgan uchrashuvni ahamiyati katta. Hatto, bir xil tarkib maydonga tushgan bo'lsa-da. SHuning uchun o'sha muvozanatni topishimiz zarur", — deya Emerining so'zlarini keltiradi BBC nashri.
"Arsenal" 44 ochko to'plagan holda APLda 5-o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar