Emeri: "Atletiko" bilan o'yindan so'ng ko'zimga ko'ringan narsani tepib tashladim"

Alisher
30 avg 2021, 13:26
"Vilyarreal" bosh murabbiyi Unai Emeri "Atletiko"ga qarshi o'yindan so'ng jahlini yashira olmadi.

Uchrashuv 2:2 hisobida yakunlandi. "Sariq suvosti kemasi" 95-daqiqada himoyachi Mandining avtogoli sabab g'alabani qo'ldan chiqarishdi.

"Bunday raqibga qarshi durang yaxshi natija hisoblanadi. Ammo hozirgi holatda emas. Biz juda xafa bo'ldik. O'yindan so'ng yarim soat kiyim almashtirish xonasida bo'ldim va ko'zimga kelgan narsani tepib tashladim", - deydi mutaxassis.

"Vilyarreal" La Ligani uchta durang bilan boshladi va jadvalda 11-o'rinda bormoqda. Klub Yevropa Ligasining amaldagi g'olibi hisoblanadi.

→ La Liga. "Atletiko Madrid" - "Vilyarreal" 2:2 (VIDEO)

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS