Emeri Arsenalning yangi murabbiyi haqida gapirdi
20 dek 2019 22:57
Yangiliklar


Emeri Arsenalning yangi murabbiyi haqida gapirdi
“Arsenal”ning sobiq ustozi Unai Emeri londonliklarga yaqinda tayinlangan yangi bosh murabbiy Mikel Arteta haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Eslatib o'tamiz, noyabr oyining oxirida Emeri salbiy natijalar bois “Arsenal” murabbiyligidan istefoga chiqarilgandi.
“Arsenal”ning tanlovi menga yoqdi, Arteta to'g'ri tayinlov. Mikel bir necha yillardan beri APLda ishlab kelmoqda. Ilgari u “kanonirlar” safida to'p tepgan, so'nggi yillarda Gvardiola bilan ishlab kelayotgandi. O'ylashimcha, u keyingi muhim qadamni tashlashga tayyor”, deya Emerining so'zlaridan iqtibos keltirmoqda VVS.
Arteta 3,5 yil davomida Gvardiolaning assistenti sifatida faoliyat yuritdi. 37 yoshli ispaniyalik murrabbiyi bugun “Arsenal” bilan 3,5 yillik shartnomaga imzo chekdi.
Arteta “Arsenal” bosh murabbiyi sifatida ilk bellashuvni ertaga, 21 dekabr kuni “Everton” klubiga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar