

Nashr manbasining tasdiqlashicha, 48 yoshli mutaxassisga “Everton” va Xitoy Superligasining ikki klubi taklif bilan chiqqan. Ammo ispaniyalik murabbiy har uchchala taklifga yo'q deb javob bergan. Ma'lum bo'lishicha, Emeri sovrinlar uchun kurash olib borish imkoniyatiga ega klubda ishlash niyatida.
Emeri 2018/19 yilgi mavsum avvalida “Arsenal”ni 20 yildan oshiqroq vaqt davomida boshqargan Arsen Venger o'rnini egallagandi. Unai qo'li ostidagi ilk mavsumda “Arsenal” APLda beshinchi pog'onadan joy olgan bo'lsa, Yevropa Ligasida finalga qadar yetib borib, hal qiluvchi bahsda “Chelsi”ga imkoniyatni boy bergandi.



