Emeri: “Arsenal”da meni hech kim himoya qilmasdi”
16 may 2020 09:51
Yangiliklar


Emeri: “Arsenal”da meni hech kim himoya qilmasdi”
“Arsenal” sobiq ustozi klubdagi holati haqida gapirdi.
“Murabbiy o'ziga masuliyatni ola bilishi kerak. Men o'yinchilarni, klub esa meni himoya qiladi. Venger bilan esa hammasi boshqacha edi. U klub uchun hamma narsa qilgan. “Arsenal”da rahbariyat bor va men ularga ishonishim lozim edi. Mening ishim — futbol. Qolganlariga esa boshqalar javob beradi. Meni har bir klubda himoya qilishgan: “Lorka”, “Almeriya”, “Valensiya” va PSJda ham. “Sevilya”da menda Monchi bor edi. PSJda esa klub prezidenti Nosir al-Xelaifining o'zi himoya qilardi. “Arsenal”da esa bunday emasdi. O'zimni yolg'iz his qilardim. Natijalar esa meni u erdan ketishga chorladi”, — deydi Emeri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar