Elyor Oripov: "So'g'diyona" autsayder emasligini isbotlamoqchimiz"
04 mar 2016 11:35
Yangiliklar
Elyor Oripov: "So'g'diyona" autsayder emasligini isbotlamoqchimiz"
- Yangi mavsumga tayyorgralik haqida nima deya olasiz?
- Tayyorgarlik yaxshi kechdi. Jamoamizga bir qator yangi futbolchilar qo'shildi. Asosiy etibor jamoani kuchaytirishga qaratdik.
- Jamoaga kelgan yangi futbolchilar haqida nima deya olasiz?
- Menimcha barcha o'yinchilar yuqori saviyadagi futbolchilar hisoblanadi. "Paxtakor", "Nasaf" va "Dinamo"da o'ynagan tajribali ijrochilar kelishdi.
- Jamoa 2016 yilda o'z oldiga qanday maqsad qo'ymoqda?
- "So'g'diyona" yangi mavsumda o'z oldiga kuchli 10talikka kirishga harakat qiladi. Biz bu bilan cheklanib qolmay imkon qadar yuqori pog'onalarni egallashga harakat qilamiz.
- Davron Fayzievga murabbiy sifatida qanday tarif bera olasiz?
- Fayziev mashg'ulotlar vaqtida juda ham talabchan, har bir mashg'ulotda astoydil ishlashimizni talab qiladi va qattiqqo'l. Ammo hayotda butkul boshqacha inson.
- Elyor Oripov yangi mavsumda o'z oldingizga qanday maqsad qo'ydingiz?
- Biz muxlislarimiz oldida, rahbariyat oldida "So'g'diyona" autsayder emasligini isbotlamoqchimiz.
Dildora Xolbaeva
Jizzax shahridan maxsus
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar