
Ikki kara Osiyo chempioni va jaxon chempionati ishtirokchisi bo'lgan Rasulovni ayniqsa qo'qonlik futbol ishqibozlar yaxshi bilsa kerak. Boisi Elshod bo'sh vaqti bo'ldi deguncha imkon qadar “Qo'qon-1912” o'yinlarini stadionda kuzatib boradi. Rasulov bilan yaqinda suhbatlashganimizda, Avstraliyada o'tayotgan futbol bo'yicha Osiyo chempionati o'yinlarini ham diqqat bilan kuzatib borayotganini ta'kidladi.
- Iloji boricha hamma o'yinni kuzatib borishga xarakat qilyapman. Albatta O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilarini ekran qarshisidan turib bo'lsa ham qo'llab-quvvatlayapmiz. Ochig'ini aytganda, har qanday raqib bilan o'ynasa bo'ladi. Chunki bizni yigitlar kuchsiz emas. Ular buni o'yindan-o'yinga isbotlab kelmoqda. Nasib qilsa Janubiy Koreyani ham yutib, keyingi bosqichga yo'llanmani qo'lga kiritamiz – deydi Elshod Rasulov.
Islombek Rustambekov.