Ellardays: "Nyukasl"ga mayinlik bilan "yo'q" dedim"
12 iyu 2019 14:14
Yangiliklar


Ellardays: "Nyukasl"ga mayinlik bilan "yo'q" dedim"
Murabbiy Sem Ellardays "Nyukasl"dan bo'lgan taklif haqida gapirdi.
"Mening nomzodim borasida to'xtalishganidan xursandman, ammo endi bu borada boshqa fikr yuritmang. Odamlar aytganichalik muzokaralarga kirishganim yo'q edi. Bu men uchun emas. Men ularga mayinlik bilan "yo'q" dedim.
Balki bu men uchun birinchi taklif bo'lganida men rozilik bergan bo'lardim. Takliflarni har doim qadrlab, yuqori o'ringa qo'yib kelganman. Ammo to'liq bir mavsum davomida ishlamagan murabbiydan nimani kutsa bo'ladi?", - dedi Ellardays.
Ellardaysning so'nggi ish joyi "Everton" bo'lgandi. U erdan 2018 yilning mayida istefoga chiqqan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar