So’nggi yangiliklar

20:15Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 - Япония U-23  4 19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  1 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  20 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix va o'yinchisi Hojiakbar Alijonov "Istiqlol"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi? Yangiliklar

Elit CHempionlar ligasi. "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix va o'yinchisi Hojiakbar Alijonov "Istiqlol"ga qarshi o'yin oldidan nimalar dedi?

Toshkentning "Paxtakor" jamoasi bosh murabbiyi Maksim SHackix va himoyachisi Hojiakbar Alijonov OFK Elit CHempionlar ligasi 5-tur doirasidagi "Istiqlol" (Eron)ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Maksim SHackix: "Istiqlol"ni o'rganish va tayyorgarlikka ko'p vaqtimiz bo'lmadi, lekin imkon qadar raqibni tahlil qildik. O'yin ikkala jamoa uchun ham juda muhim sanaladi. Har bir ochkoning qadri katta. Biz yaxshi o'yin ko'rsatgan holda ijobiy natija qayd etishga intilamiz. Raqib safida deyarli barcha hujumlarni Masharipov tashkil qilayotganini aytgan bo'lardim. Umid qilamanki, ertaga uning kuni bo'lmaydi va biz uni to'xtata olamiz. Bellashuvda rejalarimizni ishga solib, kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz". 

Hojiakbar Alijonov: "Ertangi bahs har ikki jamoa uchun juda muhim va g'alabaning ahamiyati yuqori. Biz bor kuchimizni berib, uyga g'alaba bilan qaytish va ishqibozlarimizni xursand etishga urinamiz".


Eslatib o'tamiz, "Istiqlol" va "Paxtakor" jamoalari o'rtasidagi o'yin ertaga Toshkent vaqti bilan soat 21:00da start oladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика