So’nggi yangiliklar

00:40"Фламенго" Европадан яна бир юлдузни ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  2 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  5 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  0 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  6 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  9

Eldorbek Suyunovning "Nasaf" muxlislariga yo'llagan xati (FOTO) Yangiliklar

Eldorbek Suyunovning "Nasaf" muxlislariga yo'llagan xati (FOTO)

O'zbekiston terma jamoasi hamda "Nasaf" klubi darvozaboni Eldorbek Suyunov "ajdarlar" muxlislariga xat yo'lladi.


Eldorbek Suyunov bugun "Nasaf" safida o'zining oxirgi o'yinini "Bunyodkor"ga qarshi o'tkazdi.

"Nasaf" bilan xayrlashayotgan mahoratli posbon uchrashuvdan keyin o'zining instagramdagi sahifasi orqali qarshilik muxlislarga murojaat qildi.


Quyida Eldorbek Suyunovning instagramda joylagan surati va uning tagidagi izohni havola etamiz:

"Avvalo barcha "Nasaf" muxlislariga katta rahmat aytaman! Biz birgalikda ajoyib yillarni o'tkazdik. G'alaba quvonchi, mag'lubiyat alamida birga bo'ldik. Har daqiqa Sizlarning qo'llab-quvvatlashlaringizni his etib turdim.
"Nasaf" doim sizdek ajoyib muxlislari bilan kuchli bo'lib qolaveradi. Biz endi professional aloqalarimizni uzmoqdamiz. Lekin insoniylik tarafdan, futbolchi va muxlis aloqalari doimo bog'liq bo'ladi.
Faoliyatimda yangi bosqich, yangi davr boshlanish arafasida. "Nasaf"dagi ajoyib yillarni hech qachon unutmayman. Bu jamoa doimo yuragimda qoladi. Men "Nasaf"dan ketyapman, ammo bu erdagi xotira va unutilmas onlar hech qachon ketmaydi. Qachondir Siz aziz muxlislarni xafa qilgan bo'lsam yoki xatolarim bilan kayfiyatlaringizni tushirgan bo'lsam uzr so'rayman!
"Nasaf"dagi butun jamoaga, jamoadoshlarimga, murabbiylarimga, klubdagi barcha xodimlarga, muxlislarga katta rahmat aytaman!
Biz qachondir yana uchrashamiz. Qaysi payt va qanday ko'rinishda bunisi nomalum.
Professional futbolchining o'zining professional orzulari va maqsadlari bo'ladi. Men "Nasaf" muxlislariga xayr demayman, ko'rishguncha, deb qolaman.
"Paxtakor" muxlislariga esa o'zimni iliq salomimni yo'llayman! Biz endi birgamiz va yangi marralarni birga zabt etamiz!
Meni taqdirim va faoliyatim endi ajoyib jamoa "Paxtakor" bilan bog'lanmoqda.
Rahmat "ajdarlar"!"
, - deb yozadi "Paxtakor"ning bo'lajak darvozaboni Eldorbek Suyunov.

Azamov va Suyunovning "Nasaf"dagi xayrlashuv uchrashuvi

Reyting: +70   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика