Eldorbek Suyunov: "SHuhrat Muhammadiev faol o'ynadi"
03 mar 2016 10:05
Yangiliklar
Eldorbek Suyunov: "SHuhrat Muhammadiev faol o'ynadi"
"Uchrashuv har ikkala jamoa uchun qiyin kechdi. Biz o'zimizning eng asosiy maqsadimiz - g'alaba qozonishni uddaladik. Murabbiyning o'yinga bergan ko'rsatmasi? Bu o'yinda uch ochkoni qo'lga kiritdik, demak murabbiyning bergan ko'rsatmasini to'g'ri bajardik. Ikkinchi goldan keyin jamoamiz o'yinida pasayish yuzaga kelgani bor gap. Hisob 2:0 ko'rinishiga kelgandan so'ng futbolchilarda xotirjamlik yuzaga keldi. Futbolda 2:0 hisobi juda xavfli hisoblanadi. CHunki yutayotgan jamoa ikkinchi goldan so'ng biroz bo'shashib qoladi. Bu juda ko'p marotaba isbotlangan. Bizda ham shu narsa kuzatildi. Lekin o'tkazib yuborilgan goldan so'ng o'zimizga keldik. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi kim? Menimcha, SHuhrat Muhammadiev bugun juda faol o'ynadi. Jamoamiz guruhdan chiqa olishiga ishonaman. Bunga kuchimiz etadi. Muhimi - keyingi o'yinlarda ham kerakli ochkolarni jamg'arish lozim", - deydi Eldorbek Suyunov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar