Eldor Tojiboev: "Birinchi liga bo'lsada, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan maqul"
20 may 2014 09:23
Yangiliklar
Eldor Tojiboev: "Birinchi liga bo'lsada, ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lgan maqul"
Birinchi liganing g'arb mintaqasida ishtirok etayotgan G'uzorning "SHo'rtan" jamoasi mana 10-turki, biror marotaba ham mag'lubiyatga uchramadi.
Jamoa shu kungacha atiga bir bor o'z darovzasidan to'p o'tkazib yubordi. Bu esa jamoani o'z-o'zidan peshqadamga aylantirdi. Bunday ijobiy natijaga erishishda jamoa posboni Eldor Tojiboevning hissasi ham katta bo'layotganini aytib o'tish lozim. "SA" talqiniga ko'ra, 28 yoshli darvozabon g'arb mintaqasining aprel oyidagi eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'ldi.
- Albatta aprel oyida jamoam yaxshi ishtirok etdi deya gap boshladi Tojiboev. - Mag'lubiyatga uchramadik. SHu bilan bir qatorda eng kam to'p o'tkazib yuborgan jamoa bo'lib turibmiz hozirga qadar. Buni tarkibimiz yaxshi shakllantirilgani bilan bog'lagan bo'lardim. Bosh murabbiy Muxtor aka Qurbonov tajribali o'yinchilar bilan bir qatorda yoshlar asosida ham kurashcha jamoa tuzganini aytib o'tish kerak.
- "SHo'rtan" chempionatda 10 uchrashuvda o'z darvozasidan 1ta to'p o'tkazib yubordi. Bu jamoaning himoya chizig'i kuchli ekanligini bildiradimi yoki raqib jamoalarning hujumchilari kuchsizliginimi?
- Mudofaa chizig'imizda haqiqatdan ham tajribali o'yinchilar to'p tepmoqda. Bu ochig'i, menga ham qo'l kelmoqda. CHunki oldingda tajribali himoyachilar o'ynasa, oson bo'ladi.
- Oxirgi yillarda elita klublarida o'ynab kelayotgandingiz. Joriy mavsum esa birinchi ligada faoliyat yurityapsiz. Tabiiyki ligalar o'rtasida farqlarni sezayotgan bo'lsangiz kerak?
- Ha, farq sezilarli darajada. Misol uchun oliy ligada aqlli futbol o'ynaladi va unda hamma professionallardir. Bu erda esa unday deb bo'lmaydi. Birinchi ligada shu kungacha o'tkazgan o'yinlarimizdan kelib chiqib aytishim mumkinki, bazi o'yinlar asabiy o'tadi. Kombinacion o'yin ko'rishingiz qiyin. Misol uchun biz shunday kombinacion o'yin ko'rsatishga intilganimiz sari, raqib jamoa bunga yo'l qo'ymaydi. To'pni olishi bilan manzilsiz uzatishlar kuzatiladi. Sifatdan ko'ra, natija birinchi o'ringa chiqib bormoqda.
- Qolaversa birinchi liganing eng dolzarb muammolaridan biri bu maydonlarning holati achinarli ko'rinishda ekanligidir. Safardagi o'yinlarda shu tomondan juda ham qiynalmoqdamiz. O'z maydonimizdagi uchrashuvlardagina mazmunli o'yin namoyish etish imkoni bo'lmoqda.
- G'arb mintaqasida oliy ligaga chiqishi mumkin bo'lgan asosiy nomzod SHo'rtan ekanligi turdan-turga oydinlashib bormoqda. SHarqdan qaysi klubni ko'rsatgan bo'lardingiz?
- "Qo'qon-1912"da bu yil yaxshi jamoa tuzilgan. Ular bilan qishki yig'ilar chog'ida o'ynab, 0:0 hisobida durangga imzo chekilgandi. Lekin "Oq-tepa" ham undan qolishmayapti. Baribir yakunda oliy liga yo'llanmasini qo'qonliklar qo'lga kiritsa kerak. Buni vaqt ko'rsatadi.
- SHu kunga qadar "SHo'rtan"ning deyarli barcha o'yinida siz darvozani qo'riqladingiz. Aytingchi, siz uchun qay biri muhim: birinchi ligada doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishmi yoki zaxiradan tushib bo'lsa ham oliy ligada o'ynashmi?
- O'tgan yillar davomida oliy ligada ko'pincha vaqtimni zaxirada o'tkazganimni inkor eta olmayman. Lekin bu yil hammasini birinchi ligada boshidan boshlayapman. Nasib qilsa kelasi yil oliy ligada ham o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman. Birinchi ligada o'yinlar ko'p bo'ladi va tabiiyki o'yin amaliyotingiz ham oshib boraveradi. Futbolchi uchun aslida ham shu birinchi navbatda.
- SHu kungacha "SHo'rtan"ga qarshi o'ynagan raqib jamoalarning qaysi birini darvozaboni sizda yaxshi taassurot qoldirdi?
- Menga qo'proq "Zomin" golkiperining harakatlari maqul keldi. Garchi biz bilan o'yinda bir nechta gollar o'tkazib yuborgan bo'lsada, shu kuni ancha yaxshi xarakat qildi.
Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Fikrlar