So’nggi yangiliklar

10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  2 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  1 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  2 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  9 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  8 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  10 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  31 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  4 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  1 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1

Eldor Suyunov: "SHabab Al Ahli" bilan o'yin biz uchun finalga teng" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "SHabab Al Ahli" bilan o'yin biz uchun finalga teng"

"Tezkor Studiya" loyihasining navbatdagi soni "Paxtakor" jamoasining "Al Hilol" bilan o'tkazgan o'yinlariga bag'ishlandi.

Efir davomida boshlovchi Kamoliddin Alimov "Paxtakor" va O'zbekiston milliy terma jamoasi posboni Eldor Suyunov bilan bog'lanishga erishdi. Mahoratli kiper o'tgan ikki o'yin hamda oldinda kutayotgan uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi

"Al Hilol bilan o'yinda bir ochko qo'lga kiritdik deb o'ylayman. Ikki jamoa ham durangga mos harakat qildi. Ustunlik hech qaysi jamoada bo'lmadi. Raqib safida bir nechta futbolchilar koronavirusga chalingan bo'lsada biz bilan o'yinda o'sha etakchilar harakat qildi. SHota Arveladze o'yindan oldin bunga etibor qilmasdan, o'zimizning o'yinimizni o'ynashimizni takidlagan edi. "Al Hilol" bilan ikki o'yinda ham yaxshi o'ynadik. Birinchi uchrashuvda o'yinni nazorat qilgan bo'lsak, ikkinchi o'yinda kuch birinchi darajaga chiqdi.

Hamma jamoa bilan o'ynasa bo'ladi, "Al Hilol"ni ham, boshqa jamoalarni ham harakat qilsak mag'lubiyatga uchratishimiz mumkin. Qizil kartochka ko'tarilgan vaziyatda ikkinchi gol bo'lmasligi uchun qo'limni ko'targan edim. Qizil kartochka olishimni bilardim. Ohirida rekoshetdan gol o'tkazib yubordik, omad yuz o'girdi. Golga qadar hammasi reja asosida ketayotgan edi. Bitta o'yinga diskvalifikaciya qilindim. Keyingi o'yinda murabbiy ishonch bildirsa jamoamga yordam berishga tayyorman.

"SHabab Al Ahli"ning o'yinini Dragan bilan kuzatdik. Biz uchun bu finalga teng o'yin bo'ladi. Agar g'alaba qozonsak guruhdan chiqish masalasini hal qilgan bo'lamiz. SHundan keyingina keyingi bosqich haqida o'ylasak bo'ladi.

Qatarda mehmonxonadan chiqmaymiz, faqat ovqatlanishga, mashg'ulotlarga, nazariy mashg'ulotlarga chiqishimiz mumkin. Bizga ajratilgan maydonlarni sifati, tashkilotchilik barchasi yuqori darajada. Har uch kunda o'yin o'tkazishni tasiri bor albatta. Birinchi o'yinda ikki jamoada ham kuch bor edi. Ikkinchi o'yinda ikki jamoa kuchni tejagan holatda, ehtiyotkorlik bilan o'ynashdi. Uch kunda tiklanish qiyin bo'lmoqda",- deydi Eldor Suyunov.



Quyida "Tezkor studiya"ni to'liq holda tomosha qilish mumkin: 


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика