So’nggi yangiliklar

13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  0 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  0 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  0 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  1 11:38Расман: Нани Португалияга қайтди  1 11:17"Фулхэм" МЮ тарбияланувчисини сотиб олишга уринмоқда  0 10:50МЮда жароҳатлар эпидемияси бошланди. Расмус Ҳойлунд қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 10:19Адриен Рабьо учун асосий даъвогар маълум  1 10:14ЎФА Тартиб-интизом қўмитаси 34 нафар мураббий ва футболчини четлаштириш бўйича қарор қабул қилди. Яна 53 та жарима интизом чораси ҳам қўлланилди  26 10:03Ўзбекистон ўсмирлари Франция ва Венгрияга қарши иккитадан ўйин ўтказади  1 09:48Давид де Хеа қайси чемпионатга ўтаётгани маълум  1 09:20Мбаппенинг «Реал Мадрид»даги дебюти қачон бўлиши маълум  3 08:51«Барселона» Ольмо трансфери бўйича сўнгги таклифини юборди  7 08:23«Атлетико» ва «Челси» Галлаҳер трансфери борасида келишувга эришишди  1

Eldor Suyunov: "Muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishsa bas, biz ularga g'alabani taqdim etamiz" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Muxlislar stadionni to'ldirib o'tirishsa bas, biz ularga g'alabani taqdim etamiz"

Oliy liganing 16-tur ramziy terma jamoasi safidan o'rin olgan "Nasaf" darvozaboni Eldor Suyunovdan "Andijon" bilan bo'lgan o'yin va "ajdarlar"ning kelgusidagi uchrashuvlari haqida so'radik.

"Andijonda har doim shiddatli o'yin bo'ladi. Bu uchrashuv jamoamiz uchun ancha qiyin kechdi. Tezkor kiritib olingan goldan so'ng biz natija uchun o'ynadik. "Andijon" jamoasi bu bahsda yomon o'ynamadi. SHunchaki biz mahorat bobida ulardan ustunlikka erishdik. Bu o'yinda menga juda ko'p ish topildi deya olmayman. Ramziy terma jamoaga kirishimni kutmagandim. Aytib o'tganimdek, darvozamiz oldida u qadar ko'p vaziyatlar sodir etilmadi. SHu bois, bu safar turning ramziy terma jamoasidan o'rin olaman deb o'ylamagandim. Albatta, bundan xursandman. Asosiysi, biz muhim g'alabani qo'lga kiritdik. G'alabada va meni ramziy terma jamoaga kirishimda jamoadoshlarimning hissasi katta bo'ldi. Bizni oldinda muhim o'yinlar kutib turibdi. "Olmaliq" va "Lokomotiv" jamoalari chempionatimizning kuchli klublari sanalishadi. Bu uchrashuvda hech bir jamoaga oson bo'lmaydi. Muxlislar stadionga kelib, bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini so'ragan bo'lardim. Stadion ishqibozlar bilan to'lsa bas, biz muxlislarimizga g'alabalarni taqdim etamiz. Bu borada ularning yordamlari bizga qo'l kelishi tayin", - deydi Eldor Suyunov.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика