So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  1 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  4 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Eldor Suyunov: "Belimdagi jarohat bezovta qilishni boshladi" Yangiliklar

Eldor Suyunov: "Belimdagi jarohat bezovta qilishni boshladi"

O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Nasaf" posboni Eldorbek Suyunov yangi tashkil etilgan olimpiya terma jamoasi yig'iniga taklif etilgandi.
Ammo iqtidorli darvozabon mashg'ulotlarda ko'rinish bermayapti. Bunga oydinlik kiritish maqsadida Suyunovning o'zi bilan bog'landik.

- Bundan bir necha oy ilgari, aniqrog'i "Neftchi"ga qarshi kechgan bahsda belimdan jarohat olgandim. O'sha paytda unchalik jiddiy ko'rinmagandi. Afsuski bugunga kelib og'riq kuchaya boshladi.

- SHuning uchun OTJ yig'inida ishtirok eta olmayapman. Bugun Toshkentga kelib shifokorlar qabulida bo'ldim (suhbat 27 dekabr kuni bo'lib o'tgan). Tekshiruv natijalaridan so'ng shunisi malum bo'ldiki, menga yana 10-15 kun mashg'ulotda qatnashish mumkin emas.

- SHu bois ertaga yana Qarshiga, uyimga qaytib ketaman. 10-15 kun mobaynida muolaja olganimdan so'ng yana shifokorlar ko'rigidan o'taman.

- Bu borada olimpiya terma jamoasi ustozi SHuhrat aka Maqsudov bilan suhbatlashib, vaziyatni tushuntirdim. U kishi menga ishonch bildirayotganini aytib ko'nglimni ko'tardi. Nasib qilsa men uchun hali hammasi yaxshi bo'ladi.

Islombek Rustambekov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика