Eldor SHomurodovning onasi: "Qo'llab-quvvatlagan xalqimizga rahmat"
17 iyu 2015 15:51
Yangiliklar
Eldor SHomurodovning onasi: "Qo'llab-quvvatlagan xalqimizga rahmat"
Eldor SHomurodovning onasi bilan telefon orqali suhbat qurishga muvaffaq bo'ldik.
"Eldor yurishni ham stadionda o'rgangan. Futbolga juda yoshligidan mehr qo'ygan. Farzandimning jahon miqyosidagi o'yinlarda ishtirok eta boshlaganini o'zi men uchun katta baxt. O'yin paytida go'yoki uning yurak urishlarigacha his qilib turgandek bo'ldim. Gol urgan paytlari butun oilamiz bilan bayram qildik.
Eldorbek hali poytaxtdan qaytganicha yo'q, uni barcha yaqinlar bilan birga intizorlik bilan kutyapmiz.
SHu o'rinda yoshlarni qo'llab-quvvatlab turgan xalqimizga ham minnatdorchilik izhor etaman. Farzandlarimiz Vatanimiz bayrog'ini mahkam bag'rilariga bosib, bundanda baland marralarni zabt etishlariga ishonaman".
Gulshan Sadullaeva yozib oldi

championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar