So’nggi yangiliklar

18:10Носир Абдусаломов: "Қўқонда 120 дақиқа осон бўлмаганди, "Динамо" билан ўйинга ўзига ҳос куч топа олдик"  0 18:00Лукаку: "Роналду каби 40 ёшгача ўйнашни хоҳлардим"  1 17:40Про лига. "Арал" – "Локомотив". Таркиблар маълум  0 17:10Бэйл "Кардифф"ни сотиб олиб, уни АПЛга олиб чиқмоқчи  2 16:43Энрике Клублар ўртасидаги ЖЧ стадионларидаги майдонлар ҳолатидан нолиди  9 16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  3 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  12 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  9 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  2 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0

Aleksandr Xomyakov: "SHahzod Ubaydullaev... Kechirasiz-ku, O'zbekiston terma jamoasida Eldor SHomurodov bor" Yangiliklar

Aleksandr Xomyakov: "SHahzod Ubaydullaev... Kechirasiz-ku, O'zbekiston terma jamoasida Eldor SHomurodov bor"

Coca Cola Superligasining 23-tur doirasida bo'lib o'tgan “Andijon” - “Bunyodkor” uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Ikki xil taasurotga egaman. Ko'rsatgan o'yinimiz bilan mag'lubiyatga uchraganimizda adolatsizlik bo'lar edi. Vaziyatlarni sodir etishda, golli vaziyatlarni sodir etishda ham ustunlikka ega bo'ldik. Bizda uchta yaqqol golga tortadigan vaziyat bo'ldi. SHiddatli o'yin namoyish etgani uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. Odatda so'nggi daqiqalarda gol o'tkazib yuboradigan jamoa ruhiy tomondan tushkunlikka tushib qoladi, lekin shogirdlarim o'tkazib yuborilgan goldan keyin “sinib” qolishmasdan, hujum uyushtirib gol kiritishga muvaffaq bo'lishdi.

- Bugungi o'yinga Sizga yoqdimi?

- Yo'q. Lekin maydonning holati, jamoaning bugungi kundagi vaziyati va turnir jadvalidagi keskinliklarni hisobga olganda o'yinni yoqdi deyishim mumkin. CHiroyli o'yin namoyish etishni xohlayapmiz, lekin hozirgi kunda bizga birinchi o'rinda natija kerak. SHu bois hozirda oddiyroq va ishonchliroq o'ynamoqdamiz. Murabbiy sifatida kombinacion o'yin namoyish etishlarini istayman, biroq yuqoridagi sabablar tufayli hozircha shunday ko'rinish olmoqda.

- SHahzod Ubaydullaevda ikkita yaqqol golga tortadigan vaziyat sodir etilgandi. O'yindan so'ng unga etiroz bildiringizmi?


- O'yindan keyin etiroz bildirish noto'g'ri deb o'ylayman. Aksincha, unga dalda bo'lish uchun keyingi safar bunday xatoga yo'l qo'ymasligini uqtirdim. Bilishimcha, SHahzod bunday vaziyatlarda hujumchi gol urishi shartligini yaxshi biladi.

- O'ylashimcha, bugun Ro'zimboy Ahmedov Ubaydullaevga qaraganda yaxshi o'ynadi. Nima sababdan aynan Ahmedovga zaxiraga oldingiz?


- O'yin boshida uzun paslar bilan o'ynashni maqsad qilgandik. Ro'zimboy to'pni erdan va havodan qabul qilishda kuchli sanaladi. SHahzodni esa tezlik olishi yuqori. “Bunyodkor” tarkibida Anvar G'ofurov yoshi katta futbolchi sanaladi, shu bois SHahzod unga etarlicha qiyinchilik tug'diradi deb o'ylagandim. SHu sababli, Ro'zimboyni zahiraga oldim. O'yin shuni talab qilgandi. SHuni aytishim kerakki, bugun Ro'zimboyning ko'rsatgan o'yinidan qoniqdim.

- Raqib futbolchisi maydondan chetlatilganidan so'ng shogirdlaringiz xotirjalikka berilmadimi?


- Futbolchilar xotirjamlikka berildi deb o'ylamayman. Aksincha, futbolchilar o'yinning so'nggi daqiqalarida shiddatli o'ynay boshladi.

- Jamoa kelasi mavsumda ham shu tarkib bilan harakat qiladimi yoki yangi futbolchilar olib kelinadimi?


- Hozir bugungi kunimiz haqida o'ylashimiz kerak. CHunki oldimizda uchta muhim uchrashuv turibdi. Kelajak haqida gapiradigan bo'lsam, klub rahbariyati bilan bu borada maslahatlashamiz. Bilishimcha, tarkibimizdagi ko'plab futbolchilarning shartnomasi yil oxirida yakunlanadi. SHu bois, hozir kelajak haqida gapirish mushkul.

- Eshitimizga qaraganda jamoada moliyaviy qiyinchilik bor ekan...

- Bu savolni klub rahbariyatiga bergan maqul deb bilaman. Jamoa hozirgi kunda ozroq moliyaviy qiyinchiliklarni boshdan kechirmoqda. Lekin bu jamoamizning bugungi o'yiniga tasir ko'rsatdi deb o'ylamayman. Bo'ldi bu savolga boshqa javob bera olmayman.

- Oldingizda uzun tanaffus turibdi va keyin bir haftada uchta rasmiy o'tkazishingiz kerak. O'sha muhim uchrashuvlarga futbolchilarning sport formasini saqlab turishdi muammoga duch kelmaysizmi?


- To'g'ri, o'tgan safargi tanaffusdan keyin “Nasaf” klubiga qarshi qiyin o'yin o'tkazgan edik, bu safar ham shunaqa uzun tanaffus turibdi oldimizda. Bu tanaffus haqida gapiradigan bo'lsam, bugungi uchrashuvdan keyin yigitlarga malum muddatga hordiq chiqarish uchun imkon beramiz. Keyin Andijon shahrida jamlanamiz. SHundan keyin ikkita o'rtoqlik uchrashuv o'tkazamiz Toshkent shahrida. O'rtoqlik uchrashuvida raqiblarimiz “Bunyodkor” va AGMK bo'ladi.

- Ko'plab klublarimiz qo'shni davlatlar klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazmoqda. Biz ham shunday o'rtoqlik uchrashuv tashkillashtirsak bo'ladimi? Masalan Qirg'izistonning birorta klubi bilan.

- Biz bu haqda o'ylaganmiz. O'tgan safargi uzun tanaffusda Qirg'izistonning “Oloy” jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishib olgandik. Ammo, malum sabablarga ko'ra ushbu o'rtoqlik uchrashuvi amalga oshmay qolgandi. Hozir ularning chempionati yakuniga etayotgan ekan, chempionat yakunlanganidan keyin bizning taklifimizga qanday qaraydi, bunisini bilmayman.

- Vadim Abramov “Andijon” jamoasida terma jamoaga loyiq futbolchi yo'q deb aytdi. Hatto SHahzod Ubaydullaev ham terma jamoaga tortmaydi degan fikrni aytdi. Uning bu fikriga qanday qaraysiz?


-  SHahzod Ubaydullaev... Kechirasiz-ku, O'zbekiston milliy terma jamoasida Eldor SHomurodov bor. SHahzod milliy terma jamoada o'ynash uchun ustida ishlashi kerak, ishlamoqda edi, o'sishga erishdi. Vadim Abramovning gapini hurmat qilaman. Abramov aytdimi, demak terma jamoaga futbolchi etkazib berish ustida ish olib boramiz.


"Andijon" matbuot xizmati

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика