Eldor SHomurodov "Sampdoriya"ga o'tmaydi
16 iyu 2022 23:15
Yangiliklar
Biroz oldin SHomurodov "Sampdoriya"ga o'tishi mumkinligi borasida xabar berilgandi. Bu xabarlar asossiz bo'lib chiqdi. "Roma" instagram sahifasida shunchaki viktorina o'tgazgan va SHomurodov qaysi jamoaga gol urgani so'ralgan. Bu xabarni esa ko'pchilik Eldor SHomurodovning transferiga bog'lab yuborgan. Suratda Eldor SHomurodovning 2021 yilning 22 dekabr sanasida "Sampdoriya" darvozasiga urgan goli aks etgan.
O’xshash yangiliklar
13:08
O'tgan mavsum 1 ta gol urgan APL futbolchisi Shomurodov o'rniga "Roma" hujumchisiga aylandi 17

Fikrlar