Eldor SHomurodov "Rostov" safiga qaytib, mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi
13 sen 2019 13:30
Yangiliklar


Eldor SHomurodov "Rostov" safiga qaytib, mashg'ulot o'tkazishga ulgurdi
O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov Iroqqa qarshi o'rtoqlik uchrashuvida engil jarohat olgani aytilgan edi.
"Rostov" klubi kecha 12 sentyabr kuni o'zining navbatdagi mashg'ulotini o'tkazdi. Unda hamyurtimiz Eldor SHomurodov va terma jamoadan qaytgan boshqa futbolchilar ishtirok etishdi. SHomurodov tiklanish mashqlarida to'liq qatnashdi.
Eslatib o'tamiz, "Rostov" 16 sentyabr kuni "Axmat"ni o'z stadionida qabul qiladi va ushbu bahsda katta ehtimol bilan hujumchimiz maydonga tushadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar