So’nggi yangiliklar

01:34"Лочин" устози Сардор Тўхтаев: "Йигитларимиз футбол ўйнашни исташса, Суперлиганинг исталган жамоасига қийинчилик туғдиришимиз мумкин"  3 01:23"Манчестер Сити" Виртцни сотиб олиш бўйича "Байер"га таклиф жўнатди  0 01:01Де Брюйненинг агентлари футболчининг хизматларини "Реал"га таклиф қилди  4 00:43Анчелотти Бразилия термасида Кака билан ишламоқчи  0 00:25Камолиддин Тожиев: "Пахтакор" ҳамма фронтда олий мақсад қўяди. Кўп гол ўтказаётганимиз мени безовта қилмоқда"  3 00:11"Пахтакор"нинг бразилиялик легионери ярим йилга сафдан чиқди  1 23:52Рўзиқул Бердиев: “У биз учун қиммат футболчи эмас, арзон футболчи“  10 23:20U21 биринчилиги. Водий дербисида дуранг, "Динамо"га техник мағлубият ёзилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  0 22:47“Динамо“га қарши учрашувдан сўнг мезбонлар устози қисқа фикр билдирди  8 22:28"Навоий ФА" бош мураббийи Даврон Турсунов: "ОКМКнинг энг зўр спорт формадаги пайтига тўғри келиб қолдик"   3 22:09Марат Мифтахутдинов: “Абрамов касал бўлиб қолгани сабабли Андижонга кела олмади“  2 21:38Миржалол Қосимов: "Охирги тур олдидан ҳеч нарса маълум эмас эди. Шу сабабли деярли асосий таркибни майдонга туширдик"  6 21:24Амалдаги чемпион ва кубок соҳиби Ўзбекистон кубоги гуруҳ босқичида қолиб кетди  47 21:02Ўзбекистон Кубоги. "Насаф" "Пахтакор"га мағлуб бўлиб, гуруҳда қолиб кетди. "Лочин" бу сафар "Сурхон"ни мағлуб этиб, кейинги босқичга йўл олди  191 19:57"Рома" асосий футболчиси билан шартномани узайтиришга уриниб кўради  2

Eldor SHomurodov: “Rostov” chempion bo'lishiga ham, O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqishiga ham ishonaman” Yangiliklar

Eldor SHomurodov: “Rostov” chempion bo'lishiga ham, O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqishiga ham ishonaman”

“Rostov” safida Rossiya premer-ligasida ajoyib sermahsullik namoyish etayotgan O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor SHomurodov so'nggi oylarning eng asosiy mavzusi bo'lib turibdi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Futbolchi Toshkentga kelganidan foydalanib unga bir qator savollar bilan murojaat qildik.

- Rossiya premer-ligasida “Krilya Sovetov” hujumchisi Aleksandr Sobolev bilan gol urish bo'yicha poyga ketmoqda. Bu bir vaqtlar Ispaniya chempionatidagi Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu o'rtasidagi poygaga o'xshayapti deb o'ylaysizmi?
- Yo'q (kuladi) ular butunlay boshqa darajadagi futbolchilar. Albatta poyga qiziq ketmoqda deb o'ylayman, Aleksandr uchun ham, men uchun ham. Sobolevning barcha gollarini ko'rib borayapman.



- CSKA bilan uchrashuvdan keyin Xoren Bayramyan intervyu berdi va Karpin bilan garovda yutgangizni aytdi. Agar garovni yutqazganingizda sochingizni oldirib tashlashingiz kerak ekan. SHu gaplar rostmi yoki hazilmidi?

- Rost edi. Agarda CSKA bilan o'yinda men va Bayramyan gol urmaganimizda, unda ikkalamiz sochimizni oldirishimizga to'g'ri kelardi. CHunki o'tgan gal FIFA kunlaridan keyin klub ixtiyoriga qaytganimizda, bosh murabbiy Karpin men va Bayramyan bilan garov bog'ladik. Yani, keyingi tanaffusga qadar men 3ta, Bayramyan esa ikkita gol urishi belgilandi. Agarda bu vazifani uddalay olmaganimizda, unda ikkalamiz ham sochimizdan voz kechishimizga to'g'ri kelardi. CSKA bilan o'yinda esa biz vazifani uddaladik. Aks holda bugun terma jamoa ixtiyoriga boshqacha imijda tashrif buyurardim (kuladi). Agar biz yutsak nima qilasiz deganimizda jamoadoshimiz Danil Glebovni ko'rsatib u bir hafta davomida soqolini olib tashlab, faqat mo'ylovini qoldirib yuradi degandi. Instagramda Glebovning mo'ylovli rasmlari tarqaldi (kuladi).

- Internetda “SHalke-04” va “Manchester Yunayted” klublaridan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqdi. Bular qanchalik rost yoki yolg'onligini bilmaymiz. Tasavvur qiling, oldingizda aynan shu ikki klubdan taklif bo'lsa, qaysi birini tanlardingiz? Aynan shu ikki klubdan.

- Agar aynan shu ikki klubdan birini tanlash kerak bo'lsa, “SHalke-04”ni tanlardim. “Manchester Yunayted” ham yaxshi jamoa, ammo hali o'zimni katta jamoa darajasiga chiqdim deb hisoblamayman. Bunday jamoaga tayyor holatda o'tish lozim. Yuqori saviyaga chiqish uchun vaqt talab etiladi. SHunga hozir Bundesligada o'ynashni afzal ko'rardim.

- Siz Rossiyada kvartirada emas klub bazasida yashayotganingizni eshitdik. Adashmasak klub kvartira olib bergandi...

- Ko'pincha klub bazasida turaman. “Rostov” kvartira olib bergan, u erga asosan uydagilar kelishganida boraman. Bazada barcha sharoitlar bor, to'g'ri ovqatlanish yo'lga qo'yilgan. Kvartirada yashasam o'zim ovqat tayyorlashimga to'g'ri keladi (kuladi).

- Bir yil davomida O'zbekiston terma jamoasini boshqarib borgan Ektor Kuper istefoga chiqarildi va uning o'rniga Vadim Abramov tayinlandi. Bu o'zgarishlarga qanday munosabat bildirasiz?

- Murabbiy taqdiri shunday, natija bo'lmasa uni almashtirishadi. Har bir murabbiyning o'z uslubi bo'ladi. Endi yangi murabbiyning taktikasi va yo'nalishiga tezroq kirishib natija ko'rsatishga harakat qilamiz. Maqsadimiz Jahon chempionatiga chiqish ekan endi barcha o'yinlarda g'alaba qozonishimiz kerak.


- Qaysi biriga ko'proq ishonasiz: “Rostov” Rossiya chempioni bo'lishi va O'zbekiston Jahon chempionatiga chiqishi?

- Ikkalasiga ham. Sababi O'zbekiston terma jamoasiga 2018 yilgi saralashda bitta gol etmay qolgandi. SHu bois bu qo'limizdan keladi deb o'ylayman. "Rostov" ham chempion bo'lish uchun yaxshi imkoniyat bor. Bugungi kunda futbolchilarda o'ziga bo'lgan ishonch etarli darajada. Klub oldiga yil boshida Evropa Ligasiga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgan, lekin chempionlikka ham kurasha olamiz deb o'ylayman. Rossiya premer-ligasida 4ta klub bir xil ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

- “Rostov” bu yil peshqadamlar safida bormoqda. Oldinlari jamoa asosan o'rta pog'onalarda borardi, klubda nimadir o'zgardimi?

- "Rostov"ga Valeriy Karpin kelganida barcha narsa to'g'ri yo'lga qo'yilgan va professional tarzda ish olib borilmoqda. Barchasi bir xil tizimda davom etmoqda. SHu bois ham bu yil jamoamiz ishonchli o'yin ko'rsatmoqda deb o'ylayman. O'tgan mavsumda esa qaerdadir yaxshi o'ynadik, qaerdadir esa o'zimizdan kuchsiz jamoalarga esa yutqazib qo'ygandik. Bu mavsum o'sha xatolarni takrorlamaslikka harakat qilayapmiz.

- Karpin doim jiddiy qiyofada yuradi. Kiyim almashtirish xonasida o'zini qanday tutadi?

- Karpin jiddiy inson, ammo hazillashib ham turadi. Uning uchun har bir o'yin xuddi eng oxirgi uchrashuvdek, finaldek. Har bir o'yinda g'alaba qozonishni istaydi.



- Bu yil SHomurodov familiyasi Rossiyada Dzyuba, Smolov kabi hujumchilardek brendga aylandi desak mubolag'a bo'lmasa kerak. Matbuot ham sizga ko'p etibor qiladi, muxlislar ham ko'p dastxat va rasmga tushishni so'rayotgan bo'lsa kerak. SHunday paytda Eldor SHomurodovda nimadir o'zgardimi?

- To'g'risini aytsam, hech narsani o'zgartirmaslikka harakat qilaman. Ammo Rostovda ko'chaga chiqsam muxlislar tanib qolishadi, rasmga tushaylik deyishadi. Men uchun biroz noqulay bo'ladi. O'zimni hech qachon birovdan ustun qo'ymaganman. Lekin hech kimga hech qachon yo'q demaganman, tarbiyam shunday.

- Eldor SHomurodov terma jamoada va klubda, boshqa-boshqa odamlarmi?

- Yo'q, mutlaqo bir xil. To'g'ri oldinlari terma jamoada qanotda o'ynardim, hozir esa termada ham, “Rostov”da ham markaziy hujumda harakat qilayapman.

- So'nggi hazil savol. Qaysi birini tanlaysiz: Osh yoki Jarqo'rg'on tandir go'shti?

- (kuladi) eng qiyin savol bo'ldi. Menimcha oshni ustiga tandir go'shtni qo'yib eyish.



Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.

Reyting: +116   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика