So’nggi yangiliklar

21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  0 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  0 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  1 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  9 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  2 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  4 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  5 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  7 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  8 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2

Eldor SHomurodov: "Qatarga qarshi g'alaba uchun maydonga tushamiz, ammo gol o'tkazib yubormaslik ham juda muhim" Yangiliklar

Eldor SHomurodov: "Qatarga qarshi g'alaba uchun maydonga tushamiz, ammo gol o'tkazib yubormaslik ham juda muhim"

JCH-2026 saralashidan o'rin olgan Qatarga qarshi o'yin oldidan O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.


– Qatarga qarshi o'yin haqidagi fikrlaringiz qanday?

– Kecha terma jamoaga qo'shildik. Hamma terma jamoada. Ostondan tashqari yo'qotishlar yo'q. Hamma o'yinga tayyor. Uch ochko uchun harakat qilaman. 

– Qatarga qarshi bahsni yil o'yini desak bo'ladi...

– Birinchi navbatda Jahon chempionatiga chiqish vazifasi. Imkoniyatlarimiz yaxshi. Qatarni yutsak, bundanda yaxshi bo'ladi. SHu sababli faqat uch ochko uchun o'ynaymiz. Boshqa tomondan qaralsa, Qatar ortimizda kelyapti, iloji boricha ularni yaqinlashtirmaslikka harakat qilishimiz kerak. 

– Jamoa etakchilaridan biri sifatida murabbiysiz o'ynash qanchalik qiyin bo'ldiyu, hozir murabbiyning borligi qanchalik quvonch olib keldi?

– Murabbiy kelib, ko'rsatmalar berayotgani biz uchun juda muhim. Katanecning sog'lig'i yaxshilashganidan, kelib bizga ko'rsatmalar berayotganidan xursandmiz.

– Qatar uchun bu o'yin oxirgi imkoniyatlaridan biri deb aytishimiz mumkin. Qatarni o'yinlarini tahlil qilib, ularning qaysi jihatlarini kuchli deb hisoblamoqdasizlar?

– Ikkinchi bo'limda Qatar ko'proq gollar o'tkazgan. Birinchi bo'limlarda ular agressivroq va yaxshiroq o'ynashgan. SHuni hisobga olgan holda diqqatliroq o'ynasak, ikkinchi bo'limda bizda imkoniyatlar ko'payadi. 

– Qatar bilan hisob-kitobimiz bor. O'yinga qanchalik o'zingizni tayyor his qilmoqdasiz?

– 100% tayyorman. Yilning boshidagi o'yindan farqli ravishda bu o'yinda qo'shimcha vaqt bo'lmaydi. SHu sababli o'yin masalasini 90 daqiqada hal qilish kerak. Durang ham bu o'yinda juda yomon natija emas. G'alaba uchun maydonga tushamiz, ammo gol o'tkazib yubormaslik ham juda muhim. Muxlislardan biz bilan birga bo'lishlarini, bizga ishonishlarini so'rab qolardim. CHunki faqat birgalikda biz Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishimiz mumkin.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика