Eldor SHomurodov: "Muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga tushamiz"
07 iyu 2019 11:44
Yangiliklar


Eldor SHomurodov: "Muxlislarni xursand qilish maqsadida maydonga tushamiz"
O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Eldor SHomurodov KXDRga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Yig'in yaxshi o'tmoqda. Saralash bahslariga jiddiy tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. KXDR bilan o'yinga tashrif buyurgan muxlislarni xursand qilish uchun maydonga tushamiz.
Asosiy maqsadimiz sentyabr oyida boshlanadigan saralash bosqichiga yaxshi tayyorlanib, o'yinlarni muvaffaqiyatli o'tkazishdir.
Turkiyaga qarshi o'yin? Kuchli terma jamoa hisoblanadi. Mazkur bahs biz uchun yaxshi tajriba bo'ldi. Kuchli terma jamoalarga qarshi o'yinlar biz uchun foydalidir.
Ektor Kuperning taktikasi? Barchasi joyida. Uning uslubi menga xech qanday qiyinchilik tug'dirayotgani yo'q", - dedi Eldor SHomurodov championat.asia sayti muhbiri bilan suhbatda.
O’xshash yangiliklar
17:22
"Roma"da aprel oyining eng yaxshi futbolchisi aniqlanmoqda: Eldor Шomurodov davogarlar qatorida 28
15:12
Muxlislar bilan to'lgan, "Navbahor" "Oq-tepa" ustidan minimal g'alabaga erishgan o'yindan GALEREYA 3

Fikrlar